O'zbekiston

O‘zbekistonda bolalar saratoniga qarshi kurash uchun yangi tizim yo‘lga qo‘yildi

Shuningdek, ilgari bemorlar markazga kelib olgan dori vositalarini endilikda viloyatlardagi filiallar orqali yetkazib berish tizimi joriy etildi.

O‘zbekistonda bolalar saratoniga qarshi kurash uchun yangi tizim yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda bolalar o‘rtasida uchrayotgan onkologik va onkogematologik kasalliklarga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentning 2025 yil 19 maydagi PQ-186-son qaroriga muvofiq, 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya doirasida kasalliklarni erta aniqlash, tashxis qo‘yish muddatlarini qisqartirish hamda davolash samaradorligini oshirish asosiy vazifalar etib belgilangan.

 

Mazkur hujjat bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi sohasini yangi bosqichga olib chiqish, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam qamrovini kengaytirish va zamonaviy diagnostika hamda davolash usullarini joriy etishga qaratilgan.

 

Hozirda Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida zamonaviy texnologiyalar asosida davolash yo‘lga qo‘yilgan. Markaz faoliyatiga xorijiy yuqori malakali mutaxassislar jalb etilib, xalqaro standartlar asosida tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Har bir bemor bolaga individual yondashuv ta’minlanmoqda.

 

Hozirda markaz dori vositalari bilan davlat byudjeti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hamda Sent-Jud kasalxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Bolalar saratonini davolash uchun Global platforma” loyihasi orqali ta’minlanmoqda. Ushbu dorilar O‘zbekiston fuqaroligi bo‘lgan barcha bolalarga bepul berilmoqda.

 

Shuningdek, ilgari bemorlar markazga kelib olgan dori vositalarini endilikda viloyatlardagi filiallar orqali yetkazib berish tizimi joriy etildi. Maxsus transport orqali amalga oshirilayotgan bu jarayonda dori vositalarining sifati va saqlash sharoitlariga qat’iy rioya qilinmoqda.

 

Mutaxassislar fikricha, amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar bolalar o‘rtasida yashovchanlik ko‘rsatkichlarini oshirish, kasalliklarni erta aniqlash va o‘lim holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda bolalar saratoniga qarshi kurash uchun yangi tizim yo‘lga qo‘yildi | Zamon.uz