O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Amir Temur haykali poyiga gul qo‘ydi

Prezident Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida ko‘chat ekdi.

Shavkat Mirziyoyev Amir Temur haykali poyiga gul qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, ulug‘ vatandoshimiz, mashhur davlat arbobi, yengilmas sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda Amir Temurning 690 yilligi keng nishonlanmoqda. Ushbu sana munosabati bilan mamlakatda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 

Amir Temur XIV asrda, g‘oyat murakkab bir davrda yurtimiz hududida milliy davlatchilikni qayta tiklab, Vatan ozodligi yo‘lida ulkan jasorat ko‘rsatgan buyuk tarixiy shaxsdir. U asos solgan qudratli saltanat jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan. 

 

Sohibqironning hayoti va faoliyati salkam yetti asrdan buyon dunyo olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganib kelinmoqda. Turli mamlakatlarda Amir Temur va temuriylarga bag‘ishlab minglab badiiy, ilmiy va san’at asarlari yaratilgani, bu ishlar bugun ham davom etayotgani uning tarixiy siymosi va merosi nechog‘liq beqiyos ekanidan dalolat beradi.

 

Ayniqsa, bugungi kunda – Yangi O‘zbekiston sharoitida Amir Temur va temuriylar tarixi va merosini chuqur o‘rganish har qachongidan ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu shonli sulola tomonidan yaratilgan temuriylar Renessansi mamlakatimizda yangi Uyg‘onish davri poydevorini yaratishda xalqimiz uchun ishonch, ilhom va kuch-g‘ayrat manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

 

Amir Temurning “Kuch – adolatda”, “Adolat bilan jahon gulshani obod bo‘ladi” degan dono o‘gitlari bugun yurtimizda ijtimoiy davlat barpo etish, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarda o‘ziga xos dastur va amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu ma’noda, Sohibqiron merosi nafaqat xalqimizning shonli o‘tmishi, balki bugungi taraqqiyotimiz va kelajak maqsadlarimiz bilan ham uzviy bog‘liqdir.

 

Keyingi yillarda O‘zbekistonda Amir Temur va temuriylar merosini chuqur o‘rganish, uni mamlakatda va xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Amir Temurning 690 yilligi munosabati bilan alohida qaror qabul qilinib, keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Jumladan, har yil aprel oyini mamlakatimizda Amir Temur oyligi sifatida o‘tkazish belgilandi. Ijodkorlar tomonidan yangi ilmiy va badiiy kitoblar, film va spektakllar, tasviriy san’at asarlari yaratilmoqda. Xususan, mashhur “Temur tuzuklari” asari yangitdan nashr etildi. 

 

 

Hududlardagi “Temurbeklar maktablari” esa yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘ziga xos namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Shu kunlarda poytaxtda Amir Temur va temuriylar Renessansiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazilayotgani ham ushbu ezgu ishlar izchil va tizimli davom etayotganining yorqin tasdig‘idir. 

 

Tadbir davomida Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom ko‘rsatilib, haykali poyiga gullar qo‘yildi.

 

Ma’lumki, Sohibqiron Amir Temur qayerda bo‘lmasin, bog‘-u rog‘lar barpo etishga, har bir qarich yerni obod qilishga katta ahamiyat qaratgan. Ana shu bunyodkor an’analarning uzviy davomi sifatida Amir Temur xiyobonida ham katta obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

 

 

Tadbir yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev xiyobonda ko‘chat ekdi. 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.