O'zbekiston

Yonilg‘i shoxobchalarida naqdsiz to‘lovlar ulushi ma’lum qilindi

Bir kunlik naqdsiz tushumlarning qariyb 90 foizi bank kartalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, QR-kod va Moment kartalar orqali ham to‘lov qilinmoqda.

Yonilg‘i shoxobchalarida naqdsiz to‘lovlar ulushi ma’lum qilindi

2026-yil 1–2-aprel kunlari yoqilg‘i quyish shoxobchalarida naqdsiz hisob-kitoblar hajmi sezilarli darajada oshgani kuzatildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyida kunlik o‘rtacha tushum 102,6 mlrd so‘mni tashkil etib, uning 58,1 foizi naqd, 41,9 foizi esa naqdsiz to‘lovlarga to‘g‘ri kelgan.

 

1-aprel kuni umumiy tushum 93,2 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2-aprelga kelib bu ko‘rsatkich keskin oshib, 152,6 mlrd so‘mga yetgan.

 

Qayd etilishicha, bir kunlik naqdsiz tushumlarning qariyb 90 foizi bank kartalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. QR-kod orqali amalga oshirilayotgan to‘lovlar ham asosan bank kartalari orqali bajarilayotgani aholi orasida raqamli to‘lov vositalaridan faol foydalanilayotganini ko‘rsatadi.

 

Naqdsiz to‘lov usullari kesimida QR-kod orqali to‘lovlar 1-aprel kuni 8,2 mlrd so‘mni, 2-aprel kuni esa 7,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. Moment kartalar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar 1,6 mlrd so‘mdan 3,6 mlrd so‘mga oshib, keskin o‘sish qayd etildi. Yoqilg‘i kartalari orqali to‘lovlar mos ravishda 2,4 mlrd va 2,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

 

Shu bilan birga, mavjud bank kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar 1-aprel kuni 80,9 mlrd so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2-aprel kuni 138,6 mlrd so‘mga yetgan.

 

Mutasaddilar ta’kidlashicha, banklar va to‘lov tashkilotlari tomonidan joriy etilayotgan keshbek dasturlari, aksiyalar hamda yangi to‘lov vositalari — jumladan, moment va maxsus kartalar — naqdsiz to‘lovlar hajmining oshishiga xizmat qilmoqda.

 

Fuqarolarga to‘lovlar yoki bank xizmatlariga oid savollar yuzaga kelganda, tegishli banklar va to‘lov tashkilotlarining aloqa markazlariga murojaat qilish tavsiya etilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.