O'zbekiston

Yuqori Chirchiqda 5 milliard dollarlik tibbiyot shaharchasi quriladi

Loyiha 400 gektar maydonda qurilib, hudud xalqaro tibbiyot markaziga aylantiriladi.

Yuqori Chirchiqda 5 milliard dollarlik tibbiyot shaharchasi quriladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida yirik investitsiya loyihasi — Tashkent Medical Smart City xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasini barpo etish masalasi muhokama qilindi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qiymati 5 milliard dollar bo‘lgan loyiha 400 gektar maydonda amalga oshiriladi. U zamonaviy tibbiy infratuzilma yaratish, ilg‘or davolash xizmatlarini joriy etish va hududni xalqaro tibbiyot markaziga aylantirishni nazarda tutadi.

 

Yig‘ilishda, shuningdek, boshqa yirik ijtimoiy va innovatsion tashabbuslar ham ko‘rib chiqildi. 

 

Xususan, Nurafshon shahrida 35,4 million dollarlik Kelajak texnologiyalari markazini tashkil etish, 100 dan ortiq xorijiy IT kompaniyalarni jalb qilish hamda xizmatlar eksporti hajmini yiliga 20 million dollarga yetkazish rejalari muhokama qilindi.

 

Bundan tashqari, 670 o‘rinli ko‘p tarmoqli tibbiyot klasteri, ijtimoiy muassasalar markazi va viloyat davlat arxivi binosini qurish loyihalari ham kun tartibidan o‘rin oldi.

 

Yig‘ilish davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish hamda yoshlarga oid siyosat yo‘nalishlaridagi ishlar tahlil qilindi. 

 

Mas’ullarga hudud salohiyatidan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va loyihalarning aniq natijadorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Shuningdek, Toshkent viloyatini kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, poytaxtga yaqin joylashgan viloyatda aholi turmush darajasToshkentnt darajasiga mos bo‘lishi lozim.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.