Jahon

AQSh birinchi xonimi Epshteyn bilan hech qanday aloqasi bo‘lmaganini aytdi

Melaniya Tramp Epshteyn uni Donald Tramp bilan tanishtirgani haqidagi gaplarni ham rad etdi.

AQSh birinchi xonimi Epshteyn bilan hech qanday aloqasi bo‘lmaganini aytdi

AQSH birinchi xonimi Melaniya Tramp Jeffri Epshteyn bilan bog‘liq da’volarni qat’iyan rad etib, jabrlanuvchilar uchun Kongress eshituvlarini o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda u kecha, 9-aprel kuni Oq uyda jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

 

U Oq uyda qilgan chiqishida o‘zining jinsiy jinoyatchi Epshteyn bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlab, bu boradagi iddaolarni “bugunoq to‘xtatilishi kerak bo‘lgan asossiz gaplar” deb atadi. Shuningdek, Melaniya Epshteyn uni Donald Tramp bilan tanishtirgani haqidagi mish-mishlarni ham “obro‘ga putur yetkazishga qaratilgan urinishlar” deya baholadi.

 

Birinchi xonimning aytishicha, u Epshteyn bilan faqat 2000-yilda qisqa muddat uchrashgan va uning jinoyatlari haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan.

 

 “Men hech qachon Epshteynning jabrlanuvchilarga nisbatan zo‘ravonligi haqida bilmaganman va hech qanday tarzda bu jarayonlarga aloqador bo‘lmaganman”, — dedi u.

 

U, shuningdek, Epshteynning yaqin hamkori Gizleyn Maksvellni tanimasligini bildirar ekan, 2002-yilga oid e’lon qilingan elektron yozishmalarni “oddiy, muloyim muloqot” sifatida izohladi.

 

Melaniya Tramp o‘z chiqishida qonun chiqaruvchilarni  jabrlanuvchilarga Kongressda qasamyod ostida ochiq guvohlik berish imkonini yaratishga chaqirdi: “Har bir ayol, agar xohlasa, o‘z hikoyasini ochiq aytishi va bu guvohliklar rasmiy qayd etilishi kerak. Shundagina haqiqat to‘liq ochiladi”, — dedi u.

 

Mazkur bayonot AQSHda turlicha munosabat uyg‘otdi. Ayrim jabrlanuvchilar buni ijobiy qadam sifatida baholagan bo‘lsa, boshqalar ochiq eshituvlar o‘rniga yopiq formatdagi tinglovlar ma’qulroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Ularning fikricha, ko‘plab jabrlanuvchilar maxfiylik kelishuvlari yoki xavfsizlik sababli ochiq gapirishdan cho‘chishi mumkin.

 

AQSH Kongressi Vakillar palatasi nazorat qo‘mitasining yetakchi demokrat a’zosi Robert Garsia birinchi xonim tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, qo‘mita raisi James Komerni tez fursatda eshituvlar tashkil etishga chaqirdi.

 

Shu bilan birga, prezident Donald Trump mazkur bayonot haqida oldindan to‘liq xabardor bo‘lmaganini bildirgan. U Epshteynni bir vaqtlar taniganini tan olgan, biroq keyinchalik uni Palm Bichdagi Mar-a-Lago klubidan “nomaqbul shaxs” sifatida chetlashtirganini aytgan. Avvalroq, New York Magazine Tramp Epshteynni “ajoyib yigit” deb atab, “u bilan vaqt o‘tkazish juda maroqli”ligini aytganini yozgandi.

 

Kuzatuvchilarga ko‘ra, birinchi xonimning ushbu chiqishi Epshteyn ishi, unga aloqador shaxslar va tergov hujjatlarining oshkor etilishi masalasiga jamoatchilik e’tiborini yana kuchaytirishi mumkin.

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Rasmiylar bunga texnik nosozlik sabab bo‘lganini bildirgan, Yamandagi husiylar esa vertolyot raketa bilan urib tushirilganini da’vo qilmoqda.

Isroillik ko‘chmanchilar diplomatlarga hujum qildi: Fransiya meri ham kaltaklandi

Isroillik ko‘chmanchilar diplomatlarga hujum qildi: Fransiya meri ham kaltaklandi

Delegatsiya falastinlik zaytun yig‘uvchilar holidan xabar olish uchun bosib olingan G‘arbiy Sohilga kelgan.

Sankt-Peterburgga dronlar hujum qildi: neft terminali va VK ma’lumotlar markazi nishonga olindi

Sankt-Peterburgga dronlar hujum qildi: neft terminali va VK ma’lumotlar markazi nishonga olindi

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati dronlar hujumiga uchradi.

Janubiy Koreyada umrbodga qamalgan o‘zbekistonlik ozod qilindi: sud ishni qayta ko‘rib chiqadi

Janubiy Koreyada umrbodga qamalgan o‘zbekistonlik ozod qilindi: sud ishni qayta ko‘rib chiqadi

Sud 2009-yildagi taksi haydovchisi qotilligi bo‘yicha tergovda qonunbuzarliklar aniqlangani sababli ishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.

Tramp va Putinning dizel kelishuvi: AQSH Kongressida uni bekor qilish taklif etildi

Tramp va Putinning dizel kelishuvi: AQSH Kongressida uni bekor qilish taklif etildi

Qonun loyihasi qabul qilinsa, Rossiya dizelini xalqaro bozorlarga yetkazib berishga berilgan vaqtinchalik ruxsat bekor qilinishi mumkin.

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

AQSh prezidenti Rossiya nefti va gazini xarid qiluvchi ayrim davlatlarga tariflar joriy etish choralarini ham to‘xtatdi.

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Moskvada ehtimoliy dron hujumi xavfi sabab “Kovyor” rejimi joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

Mamlakat 2030-yilgacha o‘z joniga qasd qilish darajasini pasaytirmoqchi.