O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida hududda amalga oshirilayotgan yirik bunyodkorlik loyihalari, xususan, yangi xalqaro aeroport qurilishi bilan tanishdi.

 

Mamlakatimizda transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish ishlari izchil davom etmoqda. Yangi avtomobil yo‘llari, ko‘priklar barpo etilib, yo‘lovchilar uchun qulayliklar oshirilmoqda. Shu jarayonda Buxoro viloyatining turizm salohiyatini yanada yuksaltirish maqsadida yangi xalqaro aeroport qurilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Mazkur loyiha davlat rahbarining 2024-yildagi tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar asosida amalga oshirilmoqda. Yangi aeroport va unga tutash infratuzilma uchun shahar tashqarisidan 370 gektar yer maydoni ajratilgan.

 

Loyiha doirasida aeroportga olib boruvchi zamonaviy avtomobil yo‘li qurilmoqda. Uning umumiy uzunligi 23,8 kilometrni tashkil etadi. Shundan 2,7 kilometri yangi yo‘l sifatida barpo etilsa, 21,1 kilometri rekonstruksiya qilinadi.

Shuningdek, yo‘l bo‘yida 2 ta yo‘l o‘tkazgich, 9 ta yerosti piyodalar o‘tish joyi va 8 ta ko‘prik qurilishi rejalashtirilgan.

 

Yangi aeroportda uzunligi 3,3 kilometr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi barpo etilib, u barcha turdagi havo kemalarini qabul qilish imkonini beradi. Shuningdek, soatiga 1200 nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega zamonaviy aerovokzal majmuasi quriladi.

 

Davlat rahbari loyiha jahon standartlariga to‘liq mos bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Ushbu aeroport Buxoro viloyati aholisi, shuningdek, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun yuqori darajada qulay xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.

 

Taqdimot davomida hududning iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan boshqa istiqbolli loyihalar haqida ham axborot berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi aeroport loyihasi bilan tanishdi | Zamon.uz