Jahon

Putin yoki Tramp tufayli energiya narxining doimiy ravishda oshishidan to‘ydim — Kir Starmer

Yaqin Sharqdagi urush sabab Buyuk Britaniya hukumati energiya to‘lovlarini nazorat qilishga majbur bo‘lmoqda.

Putin yoki Tramp tufayli energiya narxining doimiy ravishda oshishidan to‘ydim — Kir Starmer

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer energiya narxlarining tez-tez o‘zgarishi ortida global siyosiy omillar turganini ta’kidlab, vaziyatdan noroziligini bildirdi. 

 

U 9-aprel kuni ITV News telekanaliga bergan intervyusida mamlakat bo‘ylab aholining hamda biznes vakillarining energiya uchun to‘lovlari doimiy ravishda o‘zgarib borayotganini keskin tanqid qildi.

 

“Men butun mamlakat bo‘ylab oilalar va korxonalarning energiya hisoblari doimiy ravishda o‘zgarib turayotganini ko‘rib, bundan to‘yib ketdim. Bu holat dunyoning turli nuqtalarida Vladimir Putin yoki Donald Tramp tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar bilan bog‘liq”, — dedi Starmer.

 

Intervyudan ko‘p o‘tmay, The Guardian nashrida chop etilgan maqolada bosh vazir hukumat energiya narxlarining keskin oshib ketishini jilovlash choralarini ko‘rayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi mojaro fonida elektr energiyasi narxlarini cheklash va milliy energetika tizimiga investitsiyalarni oshirish orqali tashqi omillarga qaramlikni kamaytirish maqsad qilingan.

 

Ma’lumot uchun, Rossiyaning 2022-yil fevral oyida Ukrainaga bostirib kirishi ortidan energiya resurslari narxlari keskin oshgan edi. Shuningdek, 28-fevral kuni boshlangan AQSh va Isroilning Eron bilan bog‘liq harbiy harakatlari ham global energiya bozoriga bosim o‘tkazdi.

 

Biroq 8-aprelga o‘tar kechasi AQSh va Eron o‘rtasida ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgach, xomashyo narxlarida keskin pasayish kuzatildi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.