O'zbekiston

Toshkent viloyatida 1 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar savdosi to‘xtatildi

Fuqaro yashash xonadonida noqonuniy dori ombori tashkil qilgani aniqlandi.

Toshkent viloyatida 1 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar savdosi to‘xtatildi

Toshkent viloyatida noqonuniy dori vositalari saqlangan yashirin ombor aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, DXX va Bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi, 1991 y.t. shaxs o‘z yashash xonadonida xorijdan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan dori vositalarini saqlab, poytaxtdagi dorixonalarga sotish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlangan.

 

Omborda jami 119 turdagi, 3356 qutida bo‘lgan 76318 dona “Frotu”, “Budenofalk”, “Gaviscon”, “Baraclude” va boshqa nomdagi dori vositalari aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Ularning dastlabki umumiy qiymati taxminan 1 mlrd so‘mni tashkil etadi.

 

Hozirda dori vositalaridan namunalar olinib, ekspertiza o‘tkazish uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga yuborildi.

 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.