O'zbekiston

2026–2027 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul tartibi tasdiqlandi

Qabul jarayonlari onlayn platformalar orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

2026–2027 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul tartibi tasdiqlandi

O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026–2027 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi.

 

Hujjatga muvofiq, 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati joriy etiladigan tuman (shahar)lar soni 64 tadan 135 taga, umumiy o‘rta ta’lim maktablari soni esa 1956 tadan 5689 taga yetkazilgan.

 

Qayd etilishicha, 2026–2027 o‘quv yilida davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron portali (my.maktab.uz) orqali amalga oshiriladi.

 

Qabul jarayoni 2026-yil 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida, 1–31-avgust kunlari esa mikrohududdan tashqari hududlardan amalga oshirilishi belgilangan.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, 1-sinfga bolalar ular 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Shunga muvofiq, 2026–2027 o‘quv yilida 2019-yil 31-dekabrgacha tug‘ilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.

 

Shuningdek, davlat xizmati joriy etilmagan hududlarda qabul jarayonlari an’anaviy tartibda maktab rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Qabul qilingan o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar vazirlikning adm.maktab.uz elektron tizimiga kiritib boriladi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, qabul jarayonlariga doir barcha ma’lumotlar — jumladan qabul rejasi, muddatlar, mikrohududlar hamda boshqa til sinflari bo‘yicha talablar — maktab binolarining ko‘rinarli joylariga joylashtiriladi.

 

Qabul muddati yakunlangach, mikrohudud va undan tashqari hududlar bo‘yicha qo‘shimcha qabulga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilangan.

 

Shuningdek, 2026-yil 10-avgustga qadar 1-sinfga qabul qilingan bolalar bo‘yicha ma’lumotlar asosida 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘alarini yetkazib berish rejalashtirilgan. Ushbu jihozlar 20-avgustgacha maktablarga tarqatilishi belgilangan.

custom img

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

custom img

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

custom img

Belarusga ishlashga borib, aldanib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fuqaro Minskka yetib borgach, ish beruvchi bilan aloqasi uzilib, mablag‘siz va og‘ir ahvolda qolgan.

custom img

Yangi Andijonda 300 million dollarlik qurilish loyihasi boshlanadi

O‘zbekistonning "Sanderson City" MCHJ va Janubiy Koreyaning "U&K Global" kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"