Jahon

Janubiy Koreya Prezidenti va Isroil o‘rtasida diplomatik nizo yuzaga keldi

Janubiy Koreya prezidenti falastinlik bola isroillik askarlar tomonidan qiynoqqa solinib, tomdan tashlangani aks etgan videoni ulashib, Isroilni insoniylikka zid harakatlarda aybladi.

Janubiy Koreya Prezidenti va Isroil o‘rtasida diplomatik nizo yuzaga keldi

Janubiy Koreya prezidenti falastinlik bola isroillik askarlar tomonidan qiynoqqa solinib, tomdan tashlangani aks etgan video bilan bo‘lishgani ortidan keskin mojaro yuzaga keldi.

 

Ma’lum qilinishicha, Isroil Tashqi ishlar vazirligi bu voqeani 2024-yilda allaqachon tekshirilgan holat deb atab, Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myong “soxta akkaunt”ga tayanib ish ko‘rganini bildirdi. Janubiy Koreya yetakchisi esa Isroilni “insoniylikka zid va noqonuniy harakatlar” bo‘yicha xalqaro tanqidlarni e’tiborsiz qoldirganlikda aybladi.

 

Isroil juma kuni Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myongni falastinlik bola o‘ldirilgani va isroillik askarlar uni tomdan tashlagani aks etgan videoni ulashgani uchun keskin tanqid qildi va bu holat “qabul qilib bo‘lmas” hamda “qat’iy qoralashga loyiq” ekanini bildirdi.

 

Isroil tomonning bayonotda aytilishicha, Janubiy Koreya Prezidenti ulashgan video “Isroilga qarshi dezinformatsiya tarqatishi bilan shug‘ullanadigan manbalar” tomonidan hozirgi voqea sifatida noto‘g‘ri talqin qilingan.

 

Shuningdek, bayonotda  voqea Isroil harbiylari “terrorchi” hisoblanganlarga qarshi operatsiya o‘tkazayotgan vaqtda sodir bo‘lgani, askarlar hayoti xavf ostida bo‘lgani va holat “to‘liq tekshirilib, tegishli choralar ko‘rilgani” ta’kidlangan.

 

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myong ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni ulashib, uning haqiqiyligini aniqlash zarurligini va holat jiddiy tekshirilishi kerakligini ta’kidlagan. U voqeani “urush davridagi qotillik” sifatida tilga olib, uni tarixiy adolatsizliklar, xususan Xolokost bilan bilan qiyoslagan.

 

Keyingi postida Li Isroilning bayonotlari bilan bog‘liq yangiliklar xabarini o‘rtoqlashdi va "inson huquqlari va xalqaro huquqning davomli buzilishi"dan hafsalasi pir bo‘lganini bildirdi.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.