Jahon

Turkiyada Netanyahuga 4596 yilgacha qamoq jazosi berilishi so‘ralmoqda

Isroilning yuqori martabali amaldorlari genotsid, erkinlikdan mahrum qilish va boshqa qator og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

Turkiyada Netanyahuga 4596 yilgacha qamoq jazosi berilishi so‘ralmoqda

Istanbulda “Sumud floti” kemalariga nisbatan xalqaro suvlarda amalga oshirilgan qurolli aralashuv yuzasidan tergov yakunlanib, 35 nafar gumonlanuvchiga nisbatan ayblov xulosasi sudga taqdim etildi. Ular orasida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ham bor. Bu haqda "Hürriyet" gazetasi xabar berdi.

 

Bosh prokuraturaning Terror jinoyatlarini tergov qilish bo‘limi olib borgan surishtiruvga ko‘ra, G‘azoga insonparvarlik yordamini yetkazish maqsadida tuzilgan “Sumud floti” kemalariga Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan xalqaro suvlarda hujum qilingan.

 

Tergov materiallarida qayd etilishicha, hujumni rejalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etgani aniqlangan, jumladan ichida Isroil hukumatidagi amaldorlar ham bo‘lgan 35 nafar shaxsga nisbatan hibsga olish qarori chiqarilgan va ayblov xulosasi rasmiylashtirilgan.

 

Prokuratura bayonotida tinch aholiga qarshi hujumlar, insonparvarlik yordamining to‘sib qo‘yilishi hamda aholini og‘ir sharoitlarga qo‘yish kabi harakatlar oddiy xavfsizlik chorasi sifatida baholanmasligi, balki xalqaro huquq nuqtayi nazaridan “genotsid” va “insoniyatga qarshi jinoyatlar” bilan bevosita bog‘liqligi ta’kidlangan.

 

Shuningdek, Turkiya fuqarolariga nisbatan sodir etilgan harakatlar mamlakat Konstitutsiyasi va xalqaro inson huquqlari majburiyatlari doirasida ko‘rib chiqilishi zarurligi qayd etilgan. Hujjatda davlatning bunday holatlarda samarali tergov o‘tkazish va sud mexanizmlarini ishga tushirish majburiyati borligiga e’tibor qaratilgan.

 

Ayblov xulosasida Isroil harbiy-dengiz kuchlari tomonidan amalga oshirilgan amaliyot xalqaro suvlarda sodir etilgani alohida qayd etilgan. Shu asosda BMTning dengiz huquqi normalari hamda Turkiya jinoyat qonunchiligi talablari asosida ish bo‘yicha tergov boshlangan.

 

Ayblanuvchilar orasida Binyamin Netanyahudan tashqari, Isroil mudofaa vaziri Israel Katz, sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallant, shuningdek boshqa yuqori martabali amaldorlar ham bor.

 

Prokuratura gumonlanuvchilarni “insoniyatga qarshi jinoyatlar”, “genotsid”, “erkinlikdan mahrum qilish”, “qiynoqlar” va boshqa qator og‘ir jinoyatlarda ayblab, har biriga nisbatan alohida og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosi hamda 1102 yil 9 oydan 4596 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlashni so‘ramoqda.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.