O'zbekiston

“Amir Temur siymosi sahnada” – Samarqand

Samarqandda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan festivalda mamlakatimizda 7 ta teatr o‘z spektakllari bilan qatnashib, jumladan, “Oqsaroy”, “Sohibqiron”, “Temurbekning bolaligi” hamda “Amir Temur yoxud adolat qilichi” kabi asarlar sahnalashtirilmoqda.

“Amir Temur siymosi sahnada” – Samarqand

Buyuk sarkarda, sohibqiron, Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan joriy yilning 11-13-aprel kunlari Samarqand viloyatida “Amir Temur siymosi sahnada” nomli Respublika teatrlar festivali o‘tkazilmoqda. Festival doirasida “Amir Temur va temuriylari davri liboslari” ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tmoqda.

 

Festivalda mamlakatimizdagi 25 ta teatr ishtirok etmoqda, shundan. 7 ta teatrlar o‘zlarining 7 ta spektakllari: Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining “Oqsaroy” spektakli, Qo‘qon shahar musiqali drama teatrining “Armonsiz o‘tgan umr” spektakli, Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining “Sohibqiron” spektakli, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining “Adolat fasli” spektakli, Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrining “Temurbekning bolaligi” spektakli, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining “Sohibqiron” spektakli, Namangan viloyati musiqali drama teatrining “Amir Temur yoxud adolat qilichi” spektakli bilan ishtirok etishmoqda.

 

Festivalning birinchi kunida Qashqadaryo viloyati teatrining “Oqsaroy” spektakli bilan boshlandi. Spektakldan so‘ng “Amir Temur va temuriylar davri liboslari” nomli tantanali yurish tashkil etildi. Mazkur yurish Bibixonim madrasasi hududidan boshlanib, Registon maydoni orqali Samarqand musiqali drama teatri binosigacha davom etdi.

 

Shundan so‘ng uch kun davom etadigan festivalni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov rasman ochib berdi.

 

"Biz bugun Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurayotgan ekanmiz, albatta, milliy tariximizning eng yuksak nuqtasi bo‘lgan Ikkinchi Renessans — Temuriylar davri tajribasiga tayanamiz. O‘sha davrda Sohibqiron bobomiz nafaqat qudratli saltanat barpo etdi, balki insoniyat sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan madaniy va intellektual muhitni yaratdi. Agar o‘sha davrda Samarqand jahonning ilm va ma’rifat mayog‘iga aylangan bo‘lsa, bugungi islohotlarimizning bosh maqsadi ham yurtimizni yana intellektual, iqtisodiy va madaniy jihatdan dunyoning peshqadam davlatlari qatoriga olib chiqishdir" — dedi Avazxon Tadjixanov.

 

Rasmiy ochilish marosimidan keyin Markaziy apparat hamda Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Amir Temur haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

 

Festival dasturi doirasida Samarqand viloyati rus drama teatri sahnasida Qo‘qon shahar musiqali drama teatrining “Armonsiz o‘tgan umr” spektakli, shuningdek, Samarqand viloyat musiqali drama teatrida Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining “Sohibqiron” spektakli muvaffaqiyatli namoyish etildi.

 

Uch kun davom etadigan mazkur festivalda “Amir Temur va temuriylar davri liboslari” yo‘nalishida maxsus tanlov ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Festival yakunida ishtirokchilar nominatsiyalar hamda liboslar ko‘rgazmasi ishtirokchilari orasidan 1, 2, 3 o‘rinlar aniqlanib, taqdirlanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Amir Temur siymosi sahnada” – Samarqand | Zamon.uz