O'zbekiston

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisiTIQXMMI talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Muloqotda faol ishtirok etgan 3 nafartalabani Jamiyat tizimiga o‘rnatilgan tartibda ishga joylashtirish masʼullarga yuklatildi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisiTIQXMMI talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda belgilab berilganvazifalar ijrosi yuzasidan “ O‘zbekgidroenergo " AJ Boshqaruv raisi Islom Abduraxmonov “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashmuhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining100 dan ortiq talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

 

Ochiq muloqot davomida talabalarga“O‘zbekgidroenergo” AJ faoliyati, istiqbolli loyihalar, gidroenergetika sohasidagi yangi imkoniyatlar, amaliyot va ishga joylashish masalalari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, “Gidroproyekt” AJ hamda “Gidroqurilish buyurtmachi xizmati” MChJmutaxassislari tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi.

 

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faolishtirok etib, taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Uchrashuv samimiy va jonli muloqot ruhida o‘tdi.

 

Tadbir yakunida TIQXMMI MTU rektori Baxodir Mirzayevga “Tashakkurnoma” topshirildi.

 

Shuningdek, “Eng yaxshi g‘oya” tanlovida faol qatnashgan bir guruh iqtidorli talabalarga sovg‘alar hamda faxriy yorliqlar topshirildi.

 

Ochiq muloqotning amaliy natijalari: talabalaruchun muhim qarorlar qabul qilindi.

 

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining“TIQXMMI” MTU talaba-yoshlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti yakunida:

 

Kitobxonlikka rag‘bat: “Eng bilimdon kitobxon” tanlovi eʼlon qilindi;

 

talabalar uchun “startap markazi”ni tashkil etish;

 

iqtidorli talabalar uchun taʼsis etilgan Jamiyatnomdor stipendiyasi sonini 5 tadan 10 taga oshirish;

 

talabalar uchun amaliyot imkoniyatlarini yana-da kengaytirish;

 

bunyodkor talabalar otryadlari amaliyotini jonlantirish;

 

qurilish obyektlarida amaliyot o‘tash istagida bo‘lgan talaba xotin-qizlar uchun alohida yotoqxona tashkil etish;

 

talabalar uchun qurilish obyektlariga doimiy ekskursiyalar tashkil qilish;

 

Yagona “Vaziyatlar markazi”ga talabalarning amaliyot doirasida erkin kirib-chiqishini taʼminlash bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

 

 

Shuningdek, muloqotda faol ishtirok etgan 3 nafartalabani Jamiyat tizimiga o‘rnatilgan tartibda ishga joylashtirish masʼullarga yuklatildi.

 

Mazkur ochiq muloqot Jamiyat kesimida yoshlar tashabbuslari to‘liq qo‘llab-quvvatlanayotgani va ular uchun real imkoniyatlar yaratilayotganining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisiTIQXMMI talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi | Zamon.uz