Jahon

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyevning ukasi O‘zbekistonda vafot etgani aytilmoqda

Ahmat Bakiyev 66 yoshda bo‘lgan va vafoti sabablari rasman ochiqlanmagan.

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyevning ukasi O‘zbekistonda vafot etgani aytilmoqda

 

Qurmanbek Bakiyevning ukasi Ahmat Bakiyev O‘zbekiston hududida vafot etdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhumning jasadi Jalolobod viloyatiga olib borilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u ajdodlari yashagan Masadan (Teyit) qishlog‘ida dafn etiladi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ahmat Bakiyev 66 yoshda bo‘lgan. Uning vafoti sabablari rasman ochiqlanmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, u avvalroq Qirg‘izistonda bir qator og‘ir jinoyatlar, jumladan, ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish, etnik adovatni qo‘zg‘atish, tovlamachilik va firibgarlik ayblovlari bilan sudlangan edi. 2011-yilda unga nisbatan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Shuningdek, 2012-yilda uning davolanish uchun yotqizilgan shifoxonadan qochib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

 

Ma’lumot uchun, Qurmanbek Bakiyevning o‘zi ham mamlakatda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan sirtdan sudlanib, uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan va hozirda xorijda istiqomat qilmoqda.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.