O'zbekiston

Toshkent shahar hokimligi 2025-yilning eng yopiq davlat tashkiloti bo‘ldi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Ochiqlik indeksida 66 ta davlat organi “yashil”, 22 tasi “sariq” va 9 tasi “qizil” toifada qayd etild

Toshkent shahar hokimligi 2025-yilning eng yopiq davlat tashkiloti bo‘ldi

Ochiqlik indeksida Toshkent shahar hokimligi 2025-yilda eng yopiq davlat organi sifatida qayd etildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi baholashda jami 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organlari qamrab olindi. Baholash jarayoni 84 ta mezonni o‘z ichiga olgan 8 ta indikator asosida amalga oshirildi. Baholash yakunida 66 ta davlat organi “yashil”, 22 tasi “sariq” va 9 tasi “qizil” toifadan o'rin oldi.

 

Taqqoslashlarga ko‘ra, 2022-yildagi ilk baholash natijalariga nisbatan “yashil” toifadagi tashkilotlar soni 3,5 baravarga oshgan. Shu bilan birga, “sariq” toifadagilar 2 baravarga, “qizil” toifadagilar esa 3 baravarga kamaygan.

 

Ochiqlik bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Navoiy kon-metallurgiya kombinati, O‘zbekgidroenergo, O‘zavtosanoat aksiyadorlik jamiyatlari, Transport nazorati inspeksiyasi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan qayd etildi.

 

Eng past ko‘rsatkichlar esa respublika darajasida O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyatida, hududiy miqyosda esa Andijon viloyati va Toshkent shahar hokimliklarida kuzatilib, ular “qizil” toifaga kiritildi.

 

Shuningdek, 2026-yilning ikkinchi yarmidan boshlab sinov tariqasida Navoiy viloyati tuman va shahar hokimliklari hamda tashkilotlarining ochiqlik darajasini index.anticorruption.uz platformasi orqali baholash ko‘zda tutilmoqda.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"