O'zbekiston

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekistonda o‘tgan yili qurilish bilan bog‘liq 2,6 milliondan ortiq murojaatlarning qariyb uchdan biri rad etilgani ma’lum qilindi. Prezident bu holatni keskin tanqid qilib, rad etishlar ortida tizimli muammolar va korrupsiya alomatlari borligini ta’kidladi.

 

Davlat rahbari mas’ullar ko‘pincha arizalarni “kamchiligi bor” degan sabab bilan qaytarishini, biroq chuqur tahlil qilinsa, masal ko‘pligini, bu holat korrupsiya ekanini qayd etdi. Ushbu muammoga barham berishning asosiy yo‘li sifatida jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

 

Qayd etilishicha, fuqarolar va tadbirkorlar qurilish ishlarini boshlash uchun avval loyihalashga ruxsat olish, so‘ng arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun alohida-alohida murojaat qiladi. Bu esa ko‘p vaqt talab qilmoqda. Toshkent shahrida ushbu ikki xizmatni bir bosqichda ko‘rib chiqish amaliyoti joriy etilib, hujjatlarni kelishish muddati 3–4 barobarga qisqargan. Ushbu tajribani 1-iyuldan boshlab respublikaning barcha hududlarida joriy etish topshirildi.

 

Shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish tartibi ham soddalashtiriladi. Hozirda elektr, gaz, suv va kanalizatsiya tarmoqlariga ulanish uchun har bir tashkilotga alohida murojaat qilish talab etiladi. Yangi tizimga ko‘ra, 1-iyuldan boshlab bitta ariza va yagona to‘lov asosida barcha kommunal xizmatlar bo‘yicha texnik shartlarni olish imkoniyati yaratiladi.

 

Yig‘ilishda hududlarda shaharsozlik kengashlariga a’zo 26 ta idora o‘rtasida yetarli hamkorlik yo‘qligi ham sansalorlikning asosiy sabablaridan biri sifatida ko‘rsatildi. Shu bois endilikda ushbu kengashlarga Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari shaxsan rahbarlik qilib, tadbirkorlarning masalalariga yakuniy yechim berishi belgilandi.

 

Bundan tashqari, “Shaffof qurilish” reyting tizimidagi ayrim kamchiliklar ham qayd etildi. Xususan, quruvchilarning lizing asosida olingan texnikalari hisobga olinmayotgani tanqid qilindi. Ushbu texnikalar inobatga olinsa, kamida 500 ta korxonaning reytingi oshib, umumiy qiymati 17 trillion so‘mlik bozorga kirish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan Qurilish vazirligiga lizing texnikalari bo‘yicha elektron baza yaratib, uni “Shaffof qurilish” tizimiga integratsiya qilish topshirildi.

 

Shuningdek, pudrat tashkilotlari uchun chet eldan yiliga faqat bitta maxsus texnika olib kirish bo‘yicha amaldagi cheklovni bekor qilish zarurligi qayd etildi.

 

Umuman olganda, mutasaddilarga uch oy muddatda qurilishga ruxsat olishdan tortib, obyektni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni qayta ko‘rib chiqish, talablar, muddatlar va to‘lovlarni kamida ikki barobarga qisqartirish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

custom img

Chirchiqda Lacetti daraxtga urildi, haydovchi halok bo‘ldi

Avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilar esa shifoxonaga olib borilgan.

custom img

Toshkentda Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i jarimaga tortildi

Bunga anomal issiq sharoitida tozalash xizmati xodimlari ishga jalb etilgani hamda ularga zarur mehnat sharoitlari yaratilmagani sabab bo‘ldi.

custom img

O‘zbekiston biometrik pasportlari xalqaro xavfsizligi kuchaytirildi

Mazkur yangilanish biometrik pasportlardagi ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlab, xalqaro sayohatlar xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

custom img

O‘zbekistonda hafta oxirida yana jazirama kuzatiladi

Ayrim hududlarda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi.

custom img

O‘zbekistondagi muzeylardan 500 dan ortiq eksponat yoqoldi

Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi va Sirdaryo viloyati muzeyi fondlarida eksponatlar yetishmayotgani aniqlandi.

custom img

Angrenda mashinadan unashtirilgan yigit va qizning jasadi topildi

Sud-tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan.

custom img

Elektr energetikasi tizimida dispetcherlik boshqaruvi takomillashtiriladi

Milliy, mintaqaviy va hududiy dispetcherlik funksiyalari Milliy dispetcherlik markazi boshqaruviga o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda Shahrisabz ko‘chasida BRT yo‘lagi qurilishi boshlanadi

Qurilish ishlari yo‘lning markaziy qismida amalga oshiriladi, transport harakati esa chekka polosalar orqali davom ettiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"