O'zbekiston

Xorijiy raqamlardan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlarga javob bermang — DXX

Abonentning ovozi yozib olinib, keyinchalik sun’iy intellekt yordamida soxtalashtirilgan holda yaqinlarini aldashda qo‘llanilishi mumkin.

Xorijiy raqamlardan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlarga javob bermang — DXX

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati  fuqarolarni so‘nggi vaqtlarda ko‘payib borayotgan kiberfiribgarlik holatlaridan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonliklarning telefon raqamlariga xorijdan amalga oshirilayotgan shubhali qo‘ng‘iroqlar soni ortgan. Mutaxassislar tahliliga ko‘ra, bunday qo‘ng‘iroqlar oddiy telefon aloqasi orqali emas, balki internet va maxsus dasturlar yordamida amalga oshirilmoqda. Shu orqali firibgarlar o‘zining haqiqiy raqamini yashirib, telefon ekranida istalgan davlatga tegishli soxta raqamni aks ettira oladi.

 

Qayd etilishicha, qo‘ng‘iroqlar internet orqali yuborilgani va raqamlar oldindan soxtalashtirilgani sababli mobil aloqa operatorlari uchun qo‘ng‘iroq manbasini aniqlash qiyinlashadi. Bunday raqamlar maxsus bazalarda mavjud bo‘lmaydi va ular vaqtinchalik, soxtalashtirilgan raqamlar hisoblanadi.

 

DXXga ko‘ra, bu turdagi qo‘ng‘iroqlar bir qator xavflarni keltirib chiqaradi. Jumladan, xorijiy raqamlarga qayta qo‘ng‘iroq qilish abonent balansidagi mablag‘ning yechib olinishi bilan yakunlanishi mumkin. Shuningdek, firibgarlar o‘zlarini turli tashkilotlar xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari va bank kartalariga oid kodlarni qo‘lga kiritishga urinadi.

 

Bundan tashqari, qo‘ng‘iroqqa javob berish orqali raqam “faol” ekanini bildiradi va bu kelgusida firibgarlik urinishlarining ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Ayrim hollarda esa abonentning ovozi yozib olinib, keyinchalik sun’iy intellekt yordamida soxtalashtirilgan holda yaqinlarini aldashda qo‘llanilishi ehtimoli bor.

 

DXX fuqarolarga notanish va shubhali xorijiy raqamlardan kelayotgan qo‘ng‘iroqlarga javob bermaslik, ularga qayta qo‘ng‘iroq qilmaslik, bunday raqamlarni bloklash hamda shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga oshkor etmaslikni tavsiya qildi.

 

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.