O'zbekiston

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda aholi soni 38 milliondan oshib, urbanizatsiya darajasi 51 foizga yetdi. Natijada qariyb 20 million fuqaro shaharlarda istiqomat qilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

 

Uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasi bo'yicha o'tkazilayotgan videoselektor yig'ilishida davlat rahbari urbanizatsiya iqtisodiy o‘sishning muhim omili ekanini ta’kidlab, uning har 1 foizga oshishi iqtisodiyotning kamida 1 foizga kengayishiga xizmat qilishini qayd etdi. Shuningdek, bu jarayon investitsiyalar oqimi, biznes va startaplar rivoji hamda mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshirishi aytildi. Shu bois respublikada urbanizatsiyani barqaror rivojlantirish bo‘yicha yagona yondashuv zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Ma’lum qilinishicha, bosh rejalarni ishlab chiqish uchun davlat budjetidan har yili 200–250 milliard so‘m ajratilmoqda. Ushbu mablag‘lar, avvalo, bosh rejasi mavjud bo‘lmagan yoki eskirgan hududlarga yo‘naltirilishi lozim.

 

Yig‘ilishda kichik shahar va shaharchalarda yirik loyihalarni amalga oshirish istagida bo‘lgan tadbirkorlar borligi, biroq shaharsozlik hujjatlari yo‘qligi sabab ularning faoliyati to‘xtab qolayotgani qayd etildi. Ayrim tadbirkorlar hatto o‘z mablag‘lari hisobidan bosh reja ishlab chiqilishidan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

 

Shu munosabat bilan viloyat hokimlari hamda Urbanizatsiya qo‘mitasiga joriy yil yakuniga qadar budjet mablag‘lari hisobidan 6 ta shahar va 44 ta shaharcha uchun bosh rejalar, shuningdek, 104 ta qishloq uchun master rejalarni ishlab chiqishni yakunlash topshirildi. Bundan tashqari, tashabbuskor tadbirkorlar bilan hamkorlikda yana 50 ta aholi punkti bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boshlanishi belgilandi.

 

Yer munosabatlari tizimidagi muammolar ham tanqid qilindi. Xususan, 2025-yilda yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha 112 mingta arizaning 14 foizi bosh reja yo‘qligi bahonasi bilan rad etilgani qayd etildi. Bu esa 4 ming gektar yerning iqtisodiy aylanmaga kiritilmay qolishiga va budjetga qo‘shimcha 550 milliard so‘m tushum yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan.

 

Shu bois uch oy ichida yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, 5–10 daqiqa ichida onlayn ko‘rib chiqish tizimini joriy etish topshirildi.

 

Yig‘ilishda, shuningdek, bosh rejalarda nazarda tutilgan infratuzilma — suv, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr tarmoqlari va yo‘llarni qachon va qanday manbalar hisobidan qurish masalalari yetarli darajada asoslanmagani tanqid qilindi.

 

Davlat rahbari har bir bosh reja ijrosini ta’minlash uchun yilma-yil kompleks dasturlar ishlab chiqilib, aholi va tadbirkorlarga yetkazilishi zarurligini ta’kidladi. Bunday tizim yo‘qligi sabab infratuzilma xarajatlari ayrim hududlarda 2–3 barobar ortib ketayotgani va tartibsiz qurilishlar davom etayotgani qayd etildi.

 

Natijada, har bir viloyat hokimiga ikki oy muddatda viloyat va tuman markazlarining tasdiqlangan bosh rejalarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks dasturlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Mutasaddilarga esa ushbu dasturlarda loyihalarning qaysi qismi respublika va mahalliy budjetlar, qaysi qismi xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini aniq belgilash topshirildi.

custom img

Endilikda "Soliq" ilovasidagi keshbek mablag‘larini daraxt ekishga yo‘naltirish mumkin

Xizmat iyun oyidan boshlab ilovaning yangilangan versiyasida ishga tushirilgan.

custom img

Oliy sud tarkibida Komplayens nazorati xizmati tashkil etiladi

Komplayens xizmati korrupsiyaning oldini olish, xodimlar tomonidan qonunchilik va kasb etikasi talablariga rioya etilishini monitoring qilish bilan shug‘ullanadi.

custom img

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda “Tadbirkorlik asoslari” fani o‘qitiladi

Ish beruvchilar buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlashga qaratilgan maqsadli dual ta’lim tizimini joriy etish taklif qilindi. Unga ko‘ra, o‘qishni tamomlagan bitiruvchini ish bilan ta’minlash kafolatlanadi.

custom img

Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy savdo bilan shug‘ullangan shaxslarning suratlari ilib qo‘yildi

Ushbu bozorda 100 nafar “saygak”ning faoliyatiga chek qo‘yilgandi.

custom img

Xudoynazar Do‘stqobilov Jurnalistlar uyushmasining Toshkent shahar bo‘limi raisi etib saylandi

Toshkent shahar jurnalistlari yig‘ilish o‘tkazdi.

custom img

Qarshidagi “zapravka” portlashida 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisa natijasida yana 5 nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan

custom img

Ishsizlik nafaqasi uchun ajratilgan mablag‘larning 75 foizi ishlatilmagan — Bandlik vazirligi faoliyati tanqid ostiga olindi

40 ming nafar xotin-qizga subsidiya ajratish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, amalda ushbu imkoniyatdan atigi 7 ming nafari foydalangan.

custom img

Qarshida “zapravka” portladi

Portlashdan so‘ng yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"