Jahon

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Andaman dengizida migrantlar chiqqan qayiqning cho‘kib ketishi oqibatida qariyb 250 nafar rohinja va bangladeshlik, jumladan bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Bu haqda BMTning qochqinlar va migratsiya bo‘yicha agentliklari ma’lum qildi, deya xabar bermoqda BBC.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bangladeshdan Malayziyaga yo‘l olgan baliq tutish kemasi kuchli shamol, notinch dengiz va ortiqcha yuklanish sabab halokatga uchragan. Qayiqning aniq qachon cho‘kib ketgani hozircha aniq emas.

 

Bangladesh Sohil qo‘riqlash xizmati 9-aprel kuni hodisa sodir bo‘lgan hududdan to‘qqiz nafar tirik qolganlarni qutqarib olganini bildirgan. Omon qolganlardan biri, 40 yoshli Rafiqul Islom, deyarli 36 soat davomida ochiq dengizda qolib ketganini va kemadan to‘kilgan yonilg‘i sabab kuyish jarohatlari olganini aytgan.

 

Mutaxassislar ushbu fojiani rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi va muammoning tizimli yechimi yo‘qligi bilan bog‘lamoqda. BMT bayonotida qayd etilishicha, Myanmaning Raxayn shtatida davom etayotgan zo‘ravonliklar ularning yaqin orada xavfsiz qaytish imkoniyatlarini deyarli yo‘qqa chiqargan.

 

Shuningdek, Bangladeshdagi qochqinlar lagerlarida yashash sharoitlarining og‘irligi va xalqaro yordamning qisqarib borayotgani rohinjalarni xavfli dengiz yo‘llari orqali Malayziyaga yetib borishga majbur qilmoqda. Ko‘plab qochqinlar ushbu mamlakatni mintaqadagi nisbatan xavfsiz manzil sifatida ko‘radi.

 

Biroq bunday safarlar katta tavakkalchilik bilan kechadi. Odatda kichik va ortiqcha yuklangan qayiqlarda amalga oshiriladigan bu yo‘llarda ichimlik suvi va sanitariya sharoitlari deyarli mavjud emas. Natijada ko‘plab migrantlar yo‘l-yo‘lakay halok bo‘ladi yoki manzilga yetib bormasdan qo‘lga olinadi va deportatsiya qilinadi.

 

So‘nggi yillarda mintaqa davlatlari tomonidan bunday qayiqlarni ortga qaytarish holatlari ham kuzatilmoqda. Xususan, 2025-yil yanvar oyida Malayziya qariyb 300 nafar qochqinni olib ketayotgan ikki qayiqni qabul qilmasdan, yo‘lovchilarga minimal yordam ko‘rsatib, ortga qaytargan edi.

 

BMT agentliklari xalqaro hamjamiyatni Bangladeshdagi rohinja qochqinlari va mezbon jamiyatlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga chaqirdi. Ular, shuningdek, muammoning ildiz sabablarini bartaraf etish va qochqinlarning vataniga xavfsiz hamda ixtiyoriy qaytishi uchun zarur sharoitlar yaratish zarurligini ta’kidladi.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.