O'zbekiston

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan madaniyat va san’at xodimlarini tabrikladi.

 

“Ushbu qutlug‘ ayyomda o‘zining betakror iste’dodi, bilim  va mahorati bilan el-yurtimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz”, deya boshlanadi Prezident tabrigi.

 

Davlat rahbari so‘nggi yillarda mamlakatda barcha sohalar qatori madaniyat va san’at tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish bo‘yicha ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini, natijada sohaning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanib, xodimlarning ijodiy mehnati munosib rag‘batlantirilayotganini, teatr, kino, muzey va madaniy tadbirlar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati izchil yaxshilanayotganini qayd etdi.

 

“Zamonaviy boshqaruv mexanizmlari joriy etilib, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi ijodiy loyihalar, raqamli texnologiyalar va ilg‘or tajribalar amaliyotga tatbiq etilayotgani, madaniy kontent yaratish ko‘lami kengayib borayotgani madaniyat muassasalari faoliyatida samaradorlik va jozibadorlikni yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Keyingi yillarda yurtimizda 2 ta teatr, 19 ta madaniyat markazi, 16 ta muzey, 20 ta musiqa va san’at maktabi hamda ushbu yo‘nalishda 5 ta oliygoh tashkil etildi, ko‘plab muassasalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi, 125 ta tarixiy-madaniy meros obyektida ularni asrash va tiklash bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirildi.

 

O‘tgan yili tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qildik. Toshkent shahrida O‘zbekiston Milliy muzeyi binosi qurilishi boshlandi”, degan Prezident

 

Shuningdek Shavkat Mirziyoyev joriy yilda Markaziy ko‘rgazmalar zali, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondining binosi, Pavel Benkov nomidagi rassomlik maktabida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilishi, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishiga to‘xtalgan.

 

Bundan tashqari tabrikda o‘zbek madaniy diplomatiyasi izchil rivojlanayotgani. nufuzli xalqaro forumlar, tanlovlar, festivallar hamda madaniyat kunlari muntazam o‘tkazib kelinayotgani, o‘tgan yili Samarqand shahrida YUNЕSKO Bosh konferensiyasining sessiyasi, Buxoroda Birinchi xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi, Nukusda Orol madaniyati sammiti, Xorazmda Turkiy dunyo madaniyat forumi, Toshkentda esa Markaziy Osiyo va Ozarbayjon madaniyat vazirlarining birinchi uchrashuvi yuqori saviyada tashkil etilgani ta’kidlangan.

 

“Eng muhimi, Vatanimizning san’at sohasida xalqaro jarayonlardagi ishtiroki kengayib, nufuzi ortib bormoqda. O‘zbekistonlik san’atkorlarning Yevropadagi nufuzli madaniyat maskanlaridagi chiqishlar xorijlik san’at muxlislarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.  Bu haqda so‘z yuritganda, Avstriyaning Zalsburg shahridagi Grosses Festspielhaus sahnasida O‘zbekiston Milliy baleti guruhi tomonidan «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» baleti namoyish etilganini ta’kidlash lozim”, deyiladi tabrikda.

 

Bundan tashqari davlat rahbari 9-aprelda yana bir yirik san’at maskani – Musikverein sahnasida Sohibqiron Amir Temur bobomizning 690 yillik tavallud sanasiga bag‘ishlangan musiqali opera asarining taqdimoti o‘tkazilganini qayd etgan.

 

“Milliy kino san’atimizni rivojlantirish, xususan, “Tirik tarix” turkumida g‘oyaviy va badiiy yuksak asarlar yaratish borasidagi ishlar dastlabki natijalarni bermoqda. O‘tgan yili davlat buyurtmasi asosida 123 ta kinofilm tayyorlanib, tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. O‘tgan yilning o‘zida sohada uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan 35 nafar xodim uy-joy bilan ta’minlandi. Madaniyat muassasalari xodimlari ish haqi o‘rtacha 35 foizga oshirildi. Dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy, yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev, yosh xonandalar uchun Botir Zokirov nomidagi mukofotlar hamda mahalliy va xorijiy ijodkorlar uchun “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti taqdim etib kelinmoqda”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident tabrigida vatandoshlarga madaniyat va san’at sohasini ma’naviy tarbiya vositasi hamda kreativ iqtisodiyotning muhim tarmog‘i sifatida rivojlantirish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangani bildirildi.

 

Qayd etilishicha, ijodiy industriyani qo‘llab-quvvatlash, madaniy xizmatlar bozorini kengaytirish hamda san’at mahsulotlari eksportini oshirish dolzarb yo‘nalishlar sirasiga kiradi. Shu maqsadda tashkil etilayotgan Kreativ industriya parki mazkur vazifalarga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Rejalarga ko‘ra, 2030-yilga borib kreativ iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 5 foizga yetkaziladi.

 

Tabrikda soha rivojida ijodkorlar, mutaxassislar va fidoyi xodimlarning o‘rni alohida qayd etilib, ularning bilim va tajribasi milliy madaniyatni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirildi.

 

Shuningdek, kelgusida ham sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va texnik xodimlar mehnatini munosib qadrlash ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishi ta’kidlandi.

 

Yakunda barcha soha vakillari kasb bayrami bilan tabriklanib, ularga mustahkam sog‘liq, farovonlik va yangi ijodiy yutuqlar tilandi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.