O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Shuningdek, O'zbekiston Prezidentiga mamlakatda taekvondoni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Butunjahon taekvondo federatsiyasining oliy mukofoti — “Shon-sharaf ordeni” topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

 

Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida O'zbekistonda bo‘lib turgan Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chung Wonni qabul qildi.

 

Uchrashuvda so‘nggi yillarda taekvondo yo‘nalishida O‘zbekistonda sezilarli o‘sish kuzatilgani qayd etildi. Mamlakatda ushbu sport turi bilan shug‘ullanuvchilar soni deyarli ikki barobarga oshib, 35 ming nafarga yetgani ta’kidlandi. Shuningdek, o‘zbekistonlik sportchilar Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallagani alohida qayd etildi.

 

Cho Chung Won O‘zbekistonda sportni rivojlantirish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va zamonaviy infratuzilma yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

 

Tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan professional sportchilar va hakamlar tayyorlash, sun’iy intellekt va sport tibbiyoti sohasida tajriba almashish, shuningdek, xalqaro musobaqalarni O‘zbekistonda muntazam o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.

 

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyevga mamlakatda taekvondoni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Butunjahon taekvondo federatsiyasining oliy mukofoti — “Shon-sharaf ordeni” topshirildi.

 

Shuningdek, Cho Chung Won davlat rahbariga Do‘stlik ordeni bilan taqdirlandi.

 

Qayd etilishicha, ushbu mukofot ilk bor aynan davlat rahbariga topshirilgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda taekvondo va sportni rivojlantirish borasidagi islohotlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilganini ko‘rsatadi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.