O'zbekiston

Chorvoqda qurilish chiqindilari bog‘liq 100 dan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Reydlar davomida jami 401 tonna turli xil chiqindilar maxsus poligonlarga olib chiqib ketilgan.

Chorvoqda qurilish chiqindilari bog‘liq 100 dan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

O‘zbekistonda qurilish chiqindilarini noqonuniy tashlash holatlarini bartaraf etish maqsadida respublika bo‘ylab keng ko‘lamli o‘rganish va reyd tadbirlarida 100 dan ortiq qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Zamon.uz’ga xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda qurilish ishlari hajmining keskin oshishi chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bilan bog‘liq muammolarni kuchaytirgan. Xususan, Chorvoq erkin turistik zonasida qurilishlar 2020-yilga nisbatan 10 barobarga ko‘paygani natijasida ekologik me’yorlarga rioya etilmaslik holatlari ham ortib bormoqda.

 

Qonunchilikka muvofiq, chiqindilarni noqonuniy tashlash uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Jumladan, huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 1–3 barobari, mansabdor shaxslarga esa 10–20 barobari miqdorida jarima qo‘llaniladi. Agar ushbu qoidabuzarlik bir yil davomida takrorlansa, jarimalar miqdori yanada oshiriladi.

 

Qayd etilichicha, hozirda Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Ekologik politsiya va mahalliy hokimliklar vakillaridan iborat ishchi guruh joylarda tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Reydlar 10-apreldan boshlangan bo‘lib, dastlab Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq hududi qamrab olingan.

 

Dastlabki natijalarga ko‘ra, 11–13-aprel kunlari davomida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bilan bog‘liq 102 ta holat aniqlangan va ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, atmosfera havosini muhofaza qilish qoidalarini buzish bo‘yicha 19 ta holat qayd etilgan.

 

Reydlar davomida 23 ta maxsus texnika jalb qilinib, ikki noqonuniy chiqindixona bartaraf etildi. Jami 401 tonna turli xil chiqindilar maxsus poligonlarga olib chiqib ketilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, Bo‘stonliq tumanida avval mavjud bo‘lgan ikki chiqindi poligoni 2020–2021-yillarda rekultivatsiya qilinib yopilgan. Hozirda hududdagi chiqindilar Parkent tumanidagi poligonga olib borilmoqda.

 

Nazoratni kuchaytirish maqsadida Ekologiya milliy qo‘mitasi tomonidan 10 ta nuqtada onlayn videokuzatuv qurilmalari o‘rnatilgan, qo‘shimcha ravishda yana 40 ta lokatsiyada shunday tizimlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

 

Shu bilan birga, respublika bo‘ylab ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan 10 kunlik tadbir e’lon qilingan. Ushbu tadbir doirasida yana 11 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Chorvoqda qurilish chiqindilari bog‘liq 100 dan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi | Zamon.uz