O'zbekiston

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

Sobiq Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayevga nisbatan qo‘llangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirildi. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar bermoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, sud qarori asosida Abdullayev tomonidan davlatga yetkazilgan 200 milliard so‘mdan ortiq zarar to‘liq qoplangan. Ushbu mablag‘lar naqd pul shaklida davlat hisobiga qaytarilgach, unga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, garov qo‘llashga qaror qilingan.

 

Bеkmurod Abdullayev ilgari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya tizimlarida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. U 2021-yil aprel oyida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

 

2025-yil noyabr oyida u lavozimidan ozod etilgan. 2026-yil yanvar oyida esa unga nisbatan davlat xaridlari tizimidagi moliyaviy qonunbuzilishlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 

Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ish doirasida vazirlik tizimidagi davlat xaridlari jarayonida 186 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar talon-toroj qilinganligi yuzasidan qamoqqa olingani ma'lum qilingan.

 

Jazoni ijro etish departamenti sobiq boshlig‘i, Abdullaev bilan bir vaqtda ishdan olingan Rustam Tursunov qamoqda qolmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi | Zamon.uz