Jahon

Qozog‘istonda yashash ruxsatnomasi uchun qozoq tilini B1 darajada bilish talab qilinmoqda

Yangi tartib tafsilotlari yaqin kunlarda rasmiy manbalarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Qozog‘istonda yashash ruxsatnomasi uchun qozoq tilini B1 darajada bilish talab qilinmoqda

Qozog‘istonda yashash uchun ruxsatnoma berish tartibi o‘zgartirilmoqda. Endilikda arizachilardan qozoq tilini kamida B1 darajada bilish talab etiladi.

 

DW xabariga ko‘ra, 13-apreldan boshlab mamlakatga ko‘chib kelgan ayrim xorijiy fuqarolar, jumladan Rossiya va Ukraina fuqarolari hamda xorijda yashab kelgan etnik qozoqlar yashash ruxsatnomasi uchun ariza topshirishda rad javoblarini ola boshlagan. 

 

Relokantlar orasida majburiy til testi joriy etilgani va ko‘pchilik undan o‘ta olmagani haqida xabarlar tarqalgan. Avval A1 daraja talab qilingan bo‘lsa, amalda talablar kuchaytirilgani aytilmoqda.

 

Rasmiy darajada bu o‘zgarishlar hali to‘liq e’lon qilinmagan. Olmaota migratsiya xizmati vaziyatga izoh bermagan, biroq hozirda Astanada tegishli maslahatlashuvlar olib borilayotganini bildirgan.

 

Manbalarga ko‘ra, migratsiya siyosatidagi yangiliklar doirasida yashash ruxsatnomasini berish vakolati Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligiga o‘tkazilgan. 

 

Shuningdek, 13-fevraldan boshlab “raqamli baholash” tizimi joriy etilib, u orqali arizachilarning to‘lovga qobiliyati va ishonchliligi baholanmoqda. Ushbu tizim barcha xorijliklar uchun majburiy bo‘lib, birinchi bosqichda qozoq tilidan B1 darajasida test topshirish talab etiladi.

 

Bundan tashqari, nomzodlarning oila tarkibi, ta’lim darajasi, ish tajribasi, kasbiy ko‘nikmalari, sog‘lig‘i va Qozog‘istonda qarindoshlari bor-yo‘qligi ham o‘rganiladi. Avvalgidek, mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan mutaxassislarga ustuvorlik beriladi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, arizalar faqat hukumat tomonidan belgilangan yettita ustuvor hududda qabul qilinadi. Ular qatoriga Aqmola viloyatining ayrim tumanlari, Abay, Sharqiy Qozog‘iston, Qostanay, Pavlodar, Shimoliy Qozog‘iston viloyatlari va Ulytau kiradi. Millionlik shaharlar — Olmaota, Astana va Chimkent — ushbu ro‘yxatga kiritilmagan va amalda yashash rusatnomasi oluvchilar uchun yopilmoqda.

 

Shuningdek, arizachilar mahalliy ijro organlarida suhbatdan o‘tishi lozim. Baholash tizimining barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslargina migratsiya xizmatiga hujjat topshirish huquqini beruvchi bildirishnoma oladi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi qoidalar barcha xorijiy fuqarolarga — Markaziy Osiyo davlatlari vakillari va Xitoy fuqarolariga ham birdek tatbiq etiladi. Yangi tartib tafsilotlari yaqin kunlarda rasmiy manbalarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.