O'zbekiston

Toshkentda alimentdan qarzdor ota spa-salondan topildi

U ikki nafar sobiq turmush o‘rtog‘iga aliment to‘lamay kelgan.

Toshkentda alimentdan qarzdor ota spa-salondan topildi

Toshkent shahrida ikki nafar sobiq turmush o‘rtog‘iga aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib ketgan ota mashhur spa-salonda qo‘lga tushdi. Bu haqida MIB axborot xizmati Zamon.uz'ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, FIB Uchtepa tumanlararo sudining buyrug‘i asosan qarzdor M.O.dan undiruvchi I.A. foydasiga bir nafar farzandi voyaga yetguniga qadar aliment undirish belgilangan.

 

Bundan tashqari, FIB Uchtepa tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor M.O. dan undiruvchi N.D. foydasiga ham bir nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan.

 

Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor M.O. aliment pullarini 2025 yil 1 fevral oyidan beri to‘lamasdan, davlat ijrochisining talablarini bajarmasdan kelgan.

 

Shunga ko‘ra, davlat ijrochisi qarzdorning yashash manzili bo‘yicha borilganda uyda yo‘qligi aniqlangan hamda qarzdorning topish imkoniyati yo‘qligi sababli, unga nisbatan rasman qidiruv eʼlon qilingan.

 

Shundan so‘ng u Toshkent shahridagi mashhur spa-salonida ekanligi aniqlanib, qidiruv xodimlari hamkorligida ushlangan.

 

Davlat ijrochisi hisob-kitoblariga ko‘ra, aliment qarzdorlik miqdori joriy yilning 1 apreliga qadar hisoblanganda qarzdor M.O.dan undiruvchi I.A. foydasiga 9 736 306 so‘m va ikkinchi undiruvchi N.D. foydasiga 9 736 306 so‘m jami 19 736 306 so‘m qarzdorlik vujudga kelgan.

 

Qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilganiga qaramay aliment majburiyatini bajarmagani oqibatida davlat ijrochisi tomonidan ish hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47(4)-moddasi asosida to‘plangan hujjatlar tegishli tuman sudiga yuborilgan.

 

Sud 08.04.2026 yilda maʼmuriy ishni ko‘rib chiqib, qarzdor ota M.O.ni huquqbuzarlikni sodir etgan deb topib, unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Shundan so‘ng qarzdor M.O.ning yaqin qarindoshlari tomonidan 14 aprel kuni aliment pullari to‘liq to‘lanib berilgan.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.