O'zbekiston

Toshkentda bankdan qarzdor fuqaroning BMW mashinasi xatlandi

Ayni paytda u 1 mlrd 34 mln 600 ming so‘mga baholangan.

Toshkentda bankdan qarzdor fuqaroning BMW mashinasi xatlandi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarni ijro etish shoʻbasi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2026 yil 27 fevraldagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor P.K.dan undiruvchi “Asakabank” AJ foydasiga jami 614 mln 833 ming so‘m undirish hamda undiruvni garovda bo‘lgan “BMW X3” rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Qonun talablariga muvofiq, qarzdorga qarzni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun muddat berilgan. Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

 

Garov mulki sifatida qayd etilgan “BMW X3” rusumli avtomashina aniqlanib, belgilangan tartibda xatlandi hamda 1 mlrd 34 mln 600 ming so‘mga baholandi.

 

Ayni paytda ushbu avtotransport vositasini “E-auksion” elektron savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda. Savdodan tushgan pul mablag‘lari undiruvchi bank foydasiga yo‘naltiriladi, ortiqcha qismi esa qarzdorning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.