O'zbekiston

“Aholi murojaatlariga befarq bo‘lganlar lavozimidan ketadi”— Toshkent viloyati hokimi

Zoyir Mirzayev mansabdorlarni tanqid qildi.

“Aholi murojaatlariga befarq bo‘lganlar lavozimidan ketadi”— Toshkent viloyati hokimi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev aholi murojaatlariga loqayd munosabatda bo‘layotgan ayrim mansabdorlarni keskin tanqid qildi.

 

Toshkent viloyati hokimi o‘z chiqishida bunday xodimlar ertami-kech o‘z lavozimini yo‘qotib, oddiy fuqarolar kabi idoralar oldida navbat kutib qolishi mumkinligini ta’kidladi.

 

“Ishlab turgan joydan norozi bo‘lgan odam 4, 5 kundan keyin boyagi lavozimdan ketganlarga o‘xshab, boshqarmani lavozimdan ketib ko‘chada bekor yurib qolgin. O‘zingni idorangga 1 haftadan keyin o‘sha yurtdoshimizga o‘xshab eshikni oldida navbatga turasan: boshliqqa kirish uchun yoki bitta bo‘lim boshliqqa kirish uchun navbatga turasan-da, ko‘zingni oldidan odamlarni mensimasdan qilgan harakating, oyog‘ing yerdan uzilgani lentadek o‘tadi. U payti kech bo‘ladi. ”, — dedi viloyat hokimi.

 

Shuningdek, Zoyir Mirzayev aholi murojaatlariga e’tiborsizlik qilib, ularni ikkinchi darajali deb hisoblagan rahbarlar lavozimidan bo‘shatilishini qat’iy talab qilishini aytgan.

 

custom img

Farg‘ona viloyatida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Episentr Quvasoy shahri bo‘lgan. Zilzila Andijon viloyatida ham sezilgan.

custom img

"Bunyodkor" stadionida katta tartibsizlik yuz berdi: jabrlanganlar bor

O‘zbekiston-Portugaliya o‘yinini ko‘rgani borganlar ko‘rsatmalarga rioya qilmay, stadionga kirishga uringan va katta tirbandlik yuzaga kelgan.

custom img

Raqobat qo‘mitasi dori vositalari reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi

Ayrim dori vositalari reklamalarida “eng samarali”, “eng xavfsiz”, “kafolatlangan natija” yoki “nojo‘ya ta’sirlari mavjud emas” kabi iste’molchilarni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan iboralar qo‘llanmoqda.

custom img

Farg‘ona va Jizzaxda elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora bilan ushlandi

Ular elektr tarmog‘iga ulash va qarzdorlikni bartaraf etib berish evaziga yirik miqdorda pul talab qilgan.

custom img

Toshkentda qalbaki 10 ming dollarni 6,5 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Tezkor tadbir davomida qalbaki valyutalar musodara qilingan.

custom img

Davlat idoralaridagi komplayens tuzilmalari himoyasi kuchaytiriladi

Komplayens xodimlariga nisbatan jinoyat ishi faqat Bosh prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi belgilandi.

custom img

“Sharq maqomotining yangi tendensiyalari: an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligi” — Namanganda III Xalqaro maqom san’ati forumi bo'lib o'tmoqda

Anjumanda dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 100 ga yaqin taniqli san’atshunos, musiqashunos va adabiyotshunos olimlar ishtirok etadi.

custom img

Farg‘onada 18 yoshli qizni Turkiyaga sotmoqchi bo'lgan shaxslar ushlandi

Jinoiy guruh qizni ish va yaxshi daromad va’dasi bilan xorijga ketishga ko‘ndirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"