O'zbekiston

Golden House ustidan o‘rganish boshlandi: Iste’molchilarga 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi

2025-2026-yillarda Raqobat qo‘mitasiga mazkur qurilish kompaniyasi ustidan 70 dan ortiq shikoyat kelib tushgan.

Golden House ustidan o‘rganish boshlandi: Iste’molchilarga 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi

“GOLDEN HOUSE PROPERTY GROUP” MCHJ faoliyati ustidan o‘rganish ishlari olib borildi hamda iste’molchilar foydasiga 1 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qayta hisob-kitob qilindi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Raqobat qo‘mitasiga 2025 -2026-yillarda “GOLDEN HOUSE PROPERTY GROUP” MCHJning faoliyati  yuzasidan jami 74 ta shikoyat kelib tushgan.

 

Qo‘mita aralashuvidan so‘ng, ushbu shikoyatlardan 54 tasi quruvchi hamda fuqaro o‘rtasida o‘zaro kelishuv bitimi imzolanishi yoki nizolarni sudgacha mediatsiya yo‘li bilan hal etilishi natijasida ijobiy hal etilib, iste’molchilar foydasiga 1 mlrd 128 mln 669 ming so‘m miqdorda pul mablag‘lari qayta hisoblab berilgan.

 

2025-yilda kompaniyadan norozi bo‘lgan 40 nafar fuqaro murojaat qilgan bo‘lib, ularning 35 tasi (87 foizi) ijobiy hal etilgan. Shundan 31 tasi quruvchi hamda fuqaro o‘rtasida kelishuv orqali bartaraf etilgan, yana 4 holatda fuqarolar foydasiga jami 1 128 669 635 so‘m miqdorda pul qaytarilgan.

 

Shunga qaramay, 2026-yilning 1-choragi davomida mazkur quruvchi korxona faoliyatidan norozi bo‘lib 34 nafar fuqarodan murojaatlar kelib tushgan. Bulardan 19 tasi  (56 foizi) qanoatlantirilgan bo‘lsa, 5 ta holatda belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib va 10 ta murojaat yuzasidan vakolatli tashkilotni xabardor etgan holda tekshiruv tayinlangan.

 

Raqobat qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda ham ayni qurilish kompaniyasi va umuman soha bo‘yicha shikoyatlar ortib borayotganini qayd etdi. Shu munosabat bilan barcha quruvchilarga iste’molchilar bilan shartnoma tuzishda aniq va real muddatlarni belgilash, shuningdek, qonunchilikda belgilangan huquqlarni cheklamaslik bo‘yicha ogohlantirish berildi.

 

Qo‘mita, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga muvofiq, davlat iste’molchilar huquqlari ustuvorligini ta’minlagan holda tadbirkorlik erkinligini kafolatlashini eslatdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasiga 2023-yil 19 mingta, 2024-yilda 28 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2025-yilga kelib qariyb 54 mingga yetgani kuzatilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Golden House ustidan o‘rganish boshlandi: Iste’molchilarga 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi | Zamon.uz