O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Rim Giniyatullin vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Davlat va jamoat arbobi bir qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. Orolning qurishi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashgan.

Shavkat Mirziyoyev Rim Giniyatullin vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat va jamoat arbobi Rim Abdulovich Giniyatullin vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. 

 

Mehnat faxriysi Rim Abdulovich Giniyatullin shu yilning 19-aprel kuni 83 yoshida vafot etdi.

 

Rim Giniyatullin 1943-yil 18-sentyabrda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. 1963-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutini (hozirgi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti) muhandis-gidrotexnik yo‘nalishi bo‘yicha tugatgan. 

 

Mehnat faoliyatini O‘zbekiston qurilish vazirligida oddiy ishchi sifatida boshlab, keyinchalik ushbu vazirlikda usta, bosh muhandis vazifalarida xizmat qilgan. U O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bosh boshqarma boshlig‘i, suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Davlat reja qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Davlat agrosanoat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab, katta bilim va tajriba orttirgan.

 

Mohir tashkilotchi rahbar 1989–1996-yillarda melioratsiya va suv xo‘jaligi vaziri, 1996–1997-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda fidokorona mehnat qilib, O‘zbekistonda suv va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan.

 

R.A.Giniyatullin Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasida turli rahbarlik vazifalarida ishlab, dengizning qurishi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishda jonbozlik ko‘rsatgan.

 

Umrining so‘nggi yillarida u Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonlarida, xususan, ko‘pmillatli jamiyatda tinchlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, keksalar va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda faol ishtirok etgan.

 

Rim Giniyatullin “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonlari, “Mehnat shuhrati” va “Do‘stlik” ordenlari bilan mukofotlangan.

 

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.