Jahon

Yaponiyada 7,5 ballik zilzila sodir bo‘ldi

Mamlakatda sunami xavfi yuzaga keldi. Aholi evakuatsiya qilinadi.

Yaponiyada 7,5 ballik zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida magnitudasi 7,5 gacha bo‘lgan kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, Yaponiya Meteorologiya agentligi Ivate prefekturasi hamda Xokkaydo va Aomori hududlarining ayrim qismlari uchun 3 metr balandlikdagi sunami xavfi haqida ogohlantirdi. Shimoli-sharqiy Yaponiyaning boshqa hududlari uchun esa taxminan 1 metrgacha bo‘lgan sunami ehtimoli qayd etildi.

 

AQShning sunami ogohlantirish tizimi Yaponiyaning Xonsyu orolining sharqiy qirg‘oqlari yaqinida sodir bo‘lgan zilzila magnitudasi 7,4 ga teng ekanini ma’lum qilgan. Sunami xavfi 08:52 UTC vaqtida e’lon qilingan. Keyinchalik Yaponiya milliy agentligi zilzila kuchini 7,5 ga qayta baholadi, biroq bu tafovut sabablari hozircha aniq emas.

 

Voqea joyida bo‘lgan CNN prodyuserining Tokiodan xabar berishicha, ular joylashgan bino qariyb yetti daqiqa davomida tebrangan.

 

Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi zarar ko‘rgan hududlar aholisini darhol evakuatsiya qilishga chaqirdi va hukumat favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tezkor shtab tuzganini ma’lum qildi.

 

“Sunami xavfi e’lon qilingan hududlardagi aholi darhol balandroq joylarga yoki maxsus evakuatsiya binolariga ko‘chishi kerak”, — dedi Takaichi. 

 

Uning ta’kidlashicha, hukumat zarar ko‘lamini baholash va favqulodda choralarni ko‘rish uchun “barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda”. Hozircha jabrlanganlar va moddiy zarar hajmi aniqlashtirilmoqda, yaqin orada batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi.

 

Shuningdek, Tokio va Sin-Aomori stansiyalari o‘rtasida qatnovchi tezyurar poyezd operatori elektr ta’minotidagi uzilish sabab harakat vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgan.

 

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.