O'zbekiston

Jizzaxda jarimasi bor mashinalarga qarshi reyd boshlandi

Tadbirlar davomida 197 ta qidiruvdagi mashinalar topilgan.

Jizzaxda jarimasi bor mashinalarga qarshi reyd boshlandi

Jizzax viloyatida qarzdorlikka qarshi kurash doirasida Majburiy ijro byurosi hamda viloyat IIB YHXB xodimlari hamkorligida avtotransport vositalarini aniqlash va qidirish bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 

Ushbu tadbirlar shahar va tumanlarning markaziy ko‘chalarida tashkil etilgan bo‘lib, maxsus ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda.

 

Olib borilayotgan reydlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Jumladan, tadbirlar davomida 293 ta avtotransport vositasi jarima maydonchalariga joylashtirildi. Ularning 197 tasi qidiruvda bo‘lganligi aniqlandi.

 

Reyd tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

custom img

Raqobat qo‘mitasi dori vositalari reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi

Ayrim dori vositalari reklamalarida “eng samarali”, “eng xavfsiz”, “kafolatlangan natija” yoki “nojo‘ya ta’sirlari mavjud emas” kabi iste’molchilarni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan iboralar qo‘llanmoqda.

custom img

Farg‘ona va Jizzaxda elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora bilan ushlandi

Ular elektr tarmog‘iga ulash va qarzdorlikni bartaraf etib berish evaziga yirik miqdorda pul talab qilgan.

custom img

Toshkentda qalbaki 10 ming dollarni 6,5 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Tezkor tadbir davomida qalbaki valyutalar musodara qilingan.

custom img

Davlat idoralaridagi komplayens tuzilmalari himoyasi kuchaytiriladi

Komplayens xodimlariga nisbatan jinoyat ishi faqat Bosh prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi belgilandi.

custom img

“Sharq maqomotining yangi tendensiyalari: an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligi” — Namanganda III Xalqaro maqom san’ati forumi bo'lib o'tmoqda

Anjumanda dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 100 ga yaqin taniqli san’atshunos, musiqashunos va adabiyotshunos olimlar ishtirok etadi.

custom img

Farg‘onada 18 yoshli qizni Turkiyaga sotmoqchi bo'lgan shaxslar ushlandi

Jinoiy guruh qizni ish va yaxshi daromad va’dasi bilan xorijga ketishga ko‘ndirgan.

custom img

Banklar omonatlar va yirik pul o‘tkazmalari bo‘yicha ma’lumotlarni Soliq qo‘mitasiga berishi mumkin

Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari ushbu tartibga kiritilmaydi.

custom img

Farg‘onada Damasʼlar to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohatlandi

Hodisaga haydovchilardan birining quvib oʻtish qoidasini buzgani sabab boʻlgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"