O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST bosh direktori bilan uchrashdi

Muloqotda O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST bosh direktori bilan uchrashdi

Narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha Samarqandda o‘tkazilayotgan xalqaro forum doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Saida Mirziyoyevaning Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

 

 

Qayd etilishicha, muloqotda O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, raqamli tibbiyot samaradorligini oshirish, farmatsevtika bozorini tartibga solishni takomillashtirish hamda mintaqaviy aloqalarni kengaytirishga e’tibor qaratildi.

 

 

Uchrashuv davomida giyohvandlikka chalinganlarni davolash va reabilitatsiya qilish yo‘nalishida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

custom img

Akademik Akmal Saidov Nukusdagi seminar-treningda ishtirok etdi

Nukus shahrida “Xalqaro standartlar va milliy qonunchilik” mavzusida seminar-trening boshlandi. Ushbu seminar-trening boshqa hududlarda ham o‘tkaziladi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi va Albaniya Birinchi xonimi uchrashdi

Armanda Begay Ko‘ksaroydagi uchrashuv doirasida o‘zbek xalqining milliy san’ati, urf-odatlari hamda “Kelin salom” marosimi bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekistonda 94 turdagi tovar bozorida mahalliy mahsulotlar ulushi past — Raqobat qo‘mitasi

O‘rganilgan 105 ta bozorning 55 tasida to'yinganlik darajasi past ekanligi aniqlandi.

custom img

Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi

Yangi nom beriladigan ko‘cha “O‘zbek–Turk do‘stligi” xiyoboni yaqinida joylashgan.

custom img

TXIF-2026 doirasida xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

Ko‘rgazmada 100 dan ortiq mamlakatdan delegatlar ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston vakili ketma-ket ikkinchi bor COOMET Prezidenti etib saylandi

Ilk bor O‘zbekiston vakili 2024-yilda tashkilot rahbarligiga saylangan.

custom img

Toshkentda jinoyat ishlarini “hal qilib berish”ni va’da qilgan IIO xodimiga jinoyat ishi ochildi

U restorandagi yong‘in oqibatida ishchi jarohat olgan holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tugatib berish uchun pul talab qilgan.

custom img

2025-yilgi OTM bitiruvchilarining o‘rtacha oylik ish haqi 5,1 million so‘mni qayd etdi

Eng yuqori o‘rtacha ish haqi biznes va boshqaruv, huquq hamda AKT yo‘nalishlari bitiruvchilarida kuzatilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"