O'zbekiston

Jizzaxda alimentdan qarzdor ota mashinasidan ayrildi

Maʼlum bo‘lishicha, erkak farzandiga aliment to‘lamay, avtomashinasini yashirib kelgan.

Jizzaxda alimentdan qarzdor ota mashinasidan ayrildi

MIBning Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qaroriga asosan qarzdordan bir nafar farzand taʼminoti uchun daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan ijro hujjati kelib tushib, ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Aliment to‘lovlaridan qarzdorlik yuzaga kelgani sababli qarzdorga tegishli KIA Carnival rusumli avtomashina qidiruvga berilgan.

 

Shuningdek, o‘rganishlar davomida qarzdorning nafaqat aliment, balki soliq, mikromoliya tashkilotlari va boshqa organlar foydasiga jami 34 ta ijro hujjati bo‘yicha qarzdorligi mavjudligi aniqlangan.

 

Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi Qidiruv shoʻbasi hamda YHXB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur avtomashina qarzdor tomonidan yashirib qo‘yilgan garajdan topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

 

Qarzdorliklar qoplanmasa, ushbu avtomashina elektron onlayn savdoga chiqariladi. Tushgan mablag‘dan, avvalo farzand taʼminoti, so‘ngra boshqa qarzdorliklar qoplanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jizzaxda alimentdan qarzdor ota mashinasidan ayrildi | Zamon.uz