O'zbekiston

Milliy kino san’ati saroyi atrofidagi reklama bannerlari olib tashlandi

Toshkent shahrida madaniy meros obyektlari holati yuzasidan keng qamrovli monitoring boshlandi.

Milliy kino san’ati saroyi atrofidagi reklama bannerlari olib tashlandi

Navoiy ko‘chasi, 15-uyda joylashgan Alisher Navoiy nomidagi Milliy san’at saroyi (Panorama) hududida ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama bannerlari aniqlanib, ular shu kunning o‘zida olib tashlangan. Bu haqda Madaniy meros agentligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 21-aprel kuni Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Elmurod Najimov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan poytaxtdagi 28 ta madaniy meros obyekti o‘rganib chiqilgan.

 

Monitoring natijalariga ko‘ra, ayrim obyektlarda tarixiy va me’moriy qiyofaga nisbatan e’tiborsizlik holatlari aniqlangan. Xususan, 3 ta obyekt fasad qismi tashqi omillar ta’sirida ifloslangan, 4 ta obyekt bo‘yicha esa belgilangan tartibga zid ravishda ruxsatsiz ta’mirlash ishlari olib borilgani, reklama bannerlari o‘rnatilgani va fasadga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishlar kiritilgani ma’lum bo‘lgan.

 

Shayxontohur tumanidagi Navoiy ko‘chasi, 12-uy manzilida joylashgan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita binosi yuzasidan alohida o‘rganish olib borilgan. Unda bino fasadining rang yechimi ko‘cha bo‘yicha shakllangan me’moriy konsepsiyaga mos kelmasligi aniqlangan. 

 

 

Shuningdek, 8-aprel kuni berilgan muhofaza belgisi hanuz o‘rnatilmagani qayd etilgan. Mas’ullarga fasadni tarixiy qiyofani saqlagan holda qayta tiklash va me’yoriy talablarga moslashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

 

 

Bundan tashqari, Navoiy ko‘chasi, 28-uydagi Markaziy telegraf binosi hududida ruxsatsiz yer qazish ishlari olib borilgani aniqlanib, mazkur ishlar zudlik bilan to‘xtatilgan va hududni avvalgi holatiga qaytarish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

 

 

Shuningdek, Navoiy ko‘chasi, 30-uyda joylashgan OAV uchun kontent tayyorlash markazi binosida ruxsatsiz ta’mirlash ishlari olib borilayotgani aniqlanib, mazkur holat yuzasidan huquqiy choralar ko‘rish jarayoni boshlangan.

 

 

Navoiy ko‘chasi, 38-uydagi “O‘zkimyosanoat” binosida esa ruxsatsiz o‘rnatilgan konditsioner qurilmalari aniqlanib, ularni olib tashlash yoki me’yorlarga mos ravishda joylashtirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

 

Agentlik ma’lum qilishicha, monitoring davomida aniqlangan barcha holatlarga qonunchilik asosida huquqiy baho beriladi. Madaniy meros obyektlariga zarar yetkazish yoki ularning tarixiy qiyofasini buzishga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi ta’kidlangan.

 

Avvalroq, “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi atrofidagi ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama bannerlari ham olib tashlangani haqida xabar berilgandi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"