O'zbekiston

O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari yana naqd pulda sotiladi

Savdo-sanoat palatasida o‘tkazilgan ochiq muloqotda tadbirkor alkogol mahsulotlarini sotishda xorijlik mijozlar bilan muammolar yuzaga kelayotganini aytgan.

O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari yana naqd pulda sotiladi

Yaqin kunlarda umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogol mahsulotlarini naqd pul shaklida ham sotib olish imkoniyati qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Bu haqda 21-aprel kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida o‘tkazilgan ochiq muloqotda Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Po‘latov ma’lum qildi.

 

Ochiq muloqot davomida tadbirkor alkogol mahsulotlarini sotishda xorijlik mijozlar bilan bog‘liq ayrim muammolar yuzaga kelayotganini bildirgan.

 

Shundan so‘ng, Soliq qo‘mitasi rahbari bu masala bo‘yicha ishlar olib borilayotganini, yaqin kunlarda muammo hal etilishini ta’kidlagan.

 

“Bu bizning aybimiz. Bu bo‘yicha ishlayapmiz, yaqin kunlarda yechim beramiz. Albatta, buni to‘g‘rilab beramiz”, — degan Farrux Po‘latov.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, tegishli tartibga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hujjat loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda manfaatdor idoralar bilan kelishuv jarayoni davom etmoqda.

 

Shuningdek, uchrashuvda mamlakatga tashrif buyurayotgan turistlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida mehmonxonalarda turistlik yig‘imni naqd pul shaklida ham qabul qilish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu masala Savdo-sanoat palatasi tomonidan soliq maslahatchilari, auditorlar va buxgalterlar ishtirokidagi ochiq muloqotda ham muhokama qilingan.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 10-dekabrda imzolangan “Naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon 2026-yil 1-apreldan kuchga kirgan.

 

Unga ko‘ra, ayrim tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilishi belgilangan. Jumladan:

 

  • davlat xizmatlari;

 

  • elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi to‘lovlari;

 

  • alkogol va tamaki mahsulotlari;

 

  • yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali neft-gaz mahsulotlari va elektr transportlarini zaryadlash xizmatlari;

 

  • qiymati 25 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar;

 

  • ko‘chmas mulk hamda ayrim transport vositalarining oldi-sotdisi.

 

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.