O'zbekiston

O‘zbekistonda uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari beriladi

Ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismi davlat budjeti hisobidan qoplanadi.

O‘zbekistonda uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari beriladi

Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 20-aprelda imzolangan PF–66-son Farmon bilan 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram-kanali xabar berdi.

 

Farmonga muvofiq, uy-joyga muhtoj yosh oilalarga 2027-yil 1-yanvardan boshlab birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Yangi tartibga asosan:

 

  • ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkasidan yuqori qismi davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi;

 

  • kreditlar ijtimoiy mezonlar asosida tanlab olingan yosh oilalarga beriladi.

 

Belgilangan talablarga ko‘ra, ipoteka kreditlari quyidagi shartlarga javob beradigan yosh oilalarga ajratiladi:

 

  • ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

 

  • ularning nomida so‘nggi uch yil davomida mulk huquqi asosida ko‘chmas mulk mavjud bo‘lmasligi.

 

Mazkur chora-tadbirlar yoshlarning uy-joy sharoitini yaxshilash, ta’lim sifati va hududlar kesimidagi imkoniyatlar tengligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, 2026-yil 1-iyulgacha nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarda yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilar xorijdagi ilg‘or ta’lim markazlarida stajirovkaga yuboriladi.

 

Bundan tashqari olis va chekka hududlarda xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim xizmatlarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha rag‘batlar joriy etiladi. 

 

Xususan, bunday faoliyatni yo‘lga qo‘ygan yoki kengaytirishni rejalashtirayotgan subyektlarga bazaviy hisoblash miqdorining 730 baravarigacha foizsiz qarz (ssuda) ajratilishi belgilandi.

 

custom img

Elektrotexnika sanoatiga 2030-yilgacha 3 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

custom img

Chorvoqda cho‘kib ketgan uchinchi fuqaroning ham jasadi topildi

Shu bilan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlandi.

custom img

Toshkentda sovuq suv ham o'chiriladi: sanalar ma'lum qilindi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

custom img

“Jonli konteyner”: 555 gramm oltin tanaga yashirildi

Hindistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan 5 nafar fuqaroning ichki organlaridan jami 555 gramm quyma oltin va 200 gramm zargarlik buyumlari aniqlandi.

custom img

Saida Mirziyoyevaga qo‘shimcha vazifa yuklatildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi.

custom img

Naqd pulda 176 mln so‘mgacha to‘lov qilish mumkin bo‘ladi

Yangi tartib bilan tovar va xizmatlar uchun naqd hisob-kitob qilishning amaldagi 25 mln so‘mlik chegarasi sezilarli darajada kengaytiriladi.

custom img

Chorvoqdagi fojia: cho‘kkan uch kishidan ikkinchisining jasadi ham topildi

Hozirda otaning jasadini qidirish ishlari davom ettirilmoqda.

custom img

Alifbo o‘zgaradi: senatorlar qonun loyihasini ma’qulladi

Yangi tartibga ko‘ra, alifbo amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta apostrofdan iborat bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"