O'zbekiston

O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi

Tegishli qonun uch oy ichida kuchga kiradi.

O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi

O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonun qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi tegishli hujjatga tayanib ma’lum qildi.

 

Qonunga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ommaviy joylar, ombor binolari, yotoqxonalar hamda turar joylarda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish, shuningdek, tegishli obyektlarni loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilishda qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan jarimalar oshiriladi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, jismoniy shaxslarga 1 dan 3 BHMgacha, mansabdor shaxslarga esa 3 dan 10 BHMgacha jarima qo‘llaniladi.

Amaldagi tartibda mansabdor shaxslar uchun jarima 3 dan 7 BHMgacha etib belgilangan.

 

Shuningdek, Davlat yong‘in nazorati bosh inspektori va uning o‘rinbosarlariga ma’muriy huquqbuzarlik ishlari bo‘yicha mansabdor shaxslarga 25 BHMgacha jarima qo‘llash vakolati berildi. Ilgari ushbu ko‘rsatkich 20 BHMni tashkil etgan.

 

Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yong‘in bilan bog‘liq favqulodda holatlarning oldini olish hamda aholi hayoti va sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘diruvchi vaziyatlarda qonunchilikda belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini vaqtincha to‘xtatish huquqi berildi.

 

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tib kuchga kiradi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.