O'zbekiston

Qashqadaryoda Media haftalikning uchinchi kuni bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida ishtirokchilar faqat tinglovchi sifatida emas, balki faol bahs-munozara ishtirokchisi sifatida qatnashdi.

Qashqadaryoda Media haftalikning uchinchi kuni bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryo viloyatida davom etayotgan Media haftalik tadbirining uchinchi kuni turli soha vakillarini bir maydonga jamladi. Unda axborot xizmatlari rahbarlari va xodimlari, blogerlar hamda yosh mobilograflar tajribali ekspertlar bilan ochiq muloqot va munozaralarda ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida ishtirokchilar faqat tinglovchi sifatida emas, balki faol bahs-munozara ishtirokchisi sifatida qatnashdi. Turli yondashuvlar sinovdan o‘tkazilib, tajriba almashinuvi aniq misollar va amaliy keyslar orqali muhokama qilindi.

 

Seminar-treninglar jonli va faol ruhda o‘tib, ishtirokchilarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.

 

Ta’kidlanishicha, dastlabki kunlarda qatnashgan televideniye va bosma OAV vakillari ham uchinchi kun mavzulariga qiziqish bildirib, tadbirda yana ishtirok etish istagini bildirgan.

 

Media haftalik 24-aprelga qadar davom etadi. Tadbir Qarshi davlat universitetida o‘tkazilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi uchta hujjatli film xalqaro telekanallarda namoyish etildi

24-iyul kuni Rossiya 24, Rossiya Kultura va Euronews telekanallarida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan uchta hujjatli film ilk bor efirga uzatildi. Filmlarda markazning tashkil etilishi, xalqaro ahamiyati va uning amalga oshirilish bosqichlari yoritilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva sudyalar va sud tizimi xodimlarini tabrikladi

Saida Mirziyoyeva 25-iyul — Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, sudyalar farovonligi adolatli va odil sudlovning muhim sharti ekanini ta’kidladi.

custom img

Boysundagi texnogen avariyani bartaraf etishga Xitoy mutaxassislari jalb qilinadi

Tomonlar qutqaruv-burg‘ilash ishlarini tez fursatda boshlash hamda zarur texnika va mutaxassislarni obyektga yetkazishga kelishib oldi.

custom img

Qashqadaryoda erkak o‘lgan itni Damas'ga bog‘lab sudradi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkentda mast ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

custom img

Yaponiya ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi

Biri texnik stajyor vizasi, ikkinchisi esa qisqa muddatli viza bilan Yaponiyaga kirib, ruxsat etilgan muddat tugaganidan keyin ham mamlakatni tark etmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"