O'zbekiston

“Olimboyevlarga uyini qaytaramiz” — Sanjar Karimov advokati

Sud jarayonida mulk va tezkor tadbirlar davomida ayrim protsessual jihatlardagi qonuniylik masalalari muhokama qilinib, ish 27-aprelga qadar qoldirildi.

“Olimboyevlarga uyini qaytaramiz” — Sanjar Karimov advokati

 

JIB Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda sudlanuvchi va uning advokatlari ishtirok etib, “Olimboyevlar ishi” doirasida muhokama markazida bo‘lgan uy masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan.

 

Kun.uz'ning ma’lumotlariga ko‘ra, sud jarayonida advokatlar tomonidan narkojinoyat ayblovi yuzasidan Sanjar Karimovning uy-joyi va ofisida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida ayrim protsessual jihatlardagi qonuniylik masalalari ko‘tarildi. Shundan so‘ng tezkor tadbirda ishtirok etgan ichki ishlar organlarining jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlarining ko‘rsatmalari tinglangan.

 

Sudlanuvchi Sanjar Karimov sud jarayonida o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar yuzasidan izoh berar ekan, otasida demensiya kasalligi bo‘lgani sababli ayrim dori vositalari shifokor tavsiyasi bilan qo‘llanilganini ma’lum qilgan. U, shuningdek, topilgan moddaga aloqadorlikni rad etib, ushbu modda otasiga tegishli bo‘lgan kiyimdan chiqqanini bildirgan hamda tergovga tibbiy hujjatlar taqdim etilganini qayd etgan.

 

Shuningdek, sudlanuvchi otasi vafotidan so‘ng qisqa muddat davomida ayrim moddalarni iste’mol qilganini tan olgan, biroq hech qanday oldi-sotdi holatlari bo‘lmaganini ta’kidlagan.

 

Sud majlisi yakunida Sanjar Karimov va uning himoyachilari “Olimboyevlar ishi” bo‘yicha muhokama markazidagi uy masalasini egalariga qaytarishini bildirgan.

 

Sud tomonidan 27-aprelga qadar tanaffus qilingan.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.