O'zbekiston

O‘zbekistonda kameralar orqali 190 dan ortiq qoidabuzarlik holati aniqlandi

Eng ko‘p guvohnomasiz boshqaruv holatlari Xorazm va Toshkentda qayd etilgan.

O‘zbekistonda kameralar orqali 190 dan ortiq qoidabuzarlik holati aniqlandi

 

O‘zbekistonda avtomatlashtirilgan foto va videokuzatuv tizimlari orqali haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqarish bilan bog‘liq 192 ta holat aniqlangan.

 

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, eng ko‘p qoidabuzarliklar Xorazm viloyatida qayd etilgan bo‘lib, bu hududda 60 ta holat aniqlangan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent shahri — 40 ta, Qashqadaryo viloyati esa 20 ta holat bilan qayd etilgan.

 

Shuningdek, Toshkent viloyatida 14 ta, Jizzaxda 13 ta, Farg‘onada 10 ta, Andijonda 9 ta, Namangan va Surxondaryoda 6 tadan, Qoraqalpog‘istonda 5 ta, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida 3 tadan holat aniqlangan.

 

Qayd etilishicha, 32 ta holat bo‘yicha transport boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning rulga o‘tirgani uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 50 baravar bazaviy hisoblash miqdorida jarima qo‘llanilgan.

 

Yana 31 ta holatda tegishli moddaning boshqa qismi asosida bayonnoma tuzilib, 5 baravar bazaviy hisoblash miqdorida jarima tayinlangan.

 

Mas’ullar ogohlantirishicha, transport boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxs tomonidan qoidabuzarlik takror sodir etilsa, jinoiy javobgarlik qo‘llanilishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda kameralar orqali 190 dan ortiq qoidabuzarlik holati aniqlandi | Zamon.uz