O'zbekiston

O‘zbekistonga yil yakuniga qadar 130 ming tonna go‘sht import qilinishi ta’minlanadi

Tadbirkorlar uchun muqobil transport koridorlari ko‘paytirilib, joriy yilning ikkinchi choragida 45 ming tonna go‘sht import qilinadi.

O‘zbekistonga yil yakuniga qadar 130 ming tonna go‘sht import qilinishi ta’minlanadi

Logistikadagi uzilishlar oqibatida birinchi chorakda qoramol importi 2 karra kamaydi. Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

 

Qayd etilishicha, bunga tezkor yechim topilib, samolyotda tashiladigan har bir naslli qoramol uchun 4 million so‘mgacha, go‘sht importida transport xarajatining yarmini qoplash yo‘lga qo‘yildi. 

 

Shu bilan birga, tadbirkorlar uchun muqobil transport koridorlarini ham ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu orqali ikkinchi chorakda 45 ming tonna, yil yakunigacha jami 130 ming tonna go‘sht importini ta’minlash zarurligi qayd etildi. 

 

Mutasaddilarga qayerda to‘siq bo‘lsa, qayerda yuk to‘xtab qolsa, tadbirkorlar masala ko‘tarishini kutmasdan, onlayn monitoring orqali operativ yechim qilib berish topshirildi. 

 

Hududlarda 478 ming gektarda ozuqa ekinlarini ekish rejalashtirilgan. Lekin Namanganda ozuqa yerining 74 foiziga haligacha ekin ekilmagani, chorvada imkoniyat katta bo‘lgan Zarbdor, Qiziltepa va Pop tumanlarida silos ekish boshlanmagani, Amudaryo, G‘ijduvon, Xonqa va Bag‘dodda ham ishlar qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi. Viloyat hokimlariga qoloqliklarni bartaraf etish topshirildi. 

 

Yana 100 ming gektar ekin yerini yangi tizim asosida auksionga chiqarish belgilangan. Har bir kun g‘animatligi, bu yerlarni tez-tez auksionga chiqarib, ekin ekish zarurligi qayd etildi. 

 

Shuningdek, viloyat hokimlariga bu yil kamida 5 tadan yirik sanoatlashgan meva-sabzavot plantatsiyasini namunali qilib tashkil etish topshirildi.

 

custom img

Chirchiqda Lacetti daraxtga urildi, haydovchi halok bo‘ldi

Avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilar esa shifoxonaga olib borilgan.

custom img

Toshkentda Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i jarimaga tortildi

Bunga anomal issiq sharoitida tozalash xizmati xodimlari ishga jalb etilgani hamda ularga zarur mehnat sharoitlari yaratilmagani sabab bo‘ldi.

custom img

O‘zbekiston biometrik pasportlari xalqaro xavfsizligi kuchaytirildi

Mazkur yangilanish biometrik pasportlardagi ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlab, xalqaro sayohatlar xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

custom img

O‘zbekistonda hafta oxirida yana jazirama kuzatiladi

Ayrim hududlarda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi.

custom img

O‘zbekistondagi muzeylardan 500 dan ortiq eksponat yoqoldi

Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi va Sirdaryo viloyati muzeyi fondlarida eksponatlar yetishmayotgani aniqlandi.

custom img

Angrenda mashinadan unashtirilgan yigit va qizning jasadi topildi

Sud-tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan.

custom img

Elektr energetikasi tizimida dispetcherlik boshqaruvi takomillashtiriladi

Milliy, mintaqaviy va hududiy dispetcherlik funksiyalari Milliy dispetcherlik markazi boshqaruviga o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda Shahrisabz ko‘chasida BRT yo‘lagi qurilishi boshlanadi

Qurilish ishlari yo‘lning markaziy qismida amalga oshiriladi, transport harakati esa chekka polosalar orqali davom ettiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"