Jahon

AQShda otish guruhi orqali qatl usuli qayta tiklandi

Eng og‘ir jinoyatlar uchun qatl ijrosi bo‘yicha yangi choralar joriy etildi.

AQShda otish guruhi orqali qatl usuli qayta tiklandi

 

AQSh Adliya vazirligi federal darajadagi o‘lim jazolariga nisbatan amalda bo‘lgan moratoriyni bekor qilib, qatl ijrosining ayrim usullarini qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, eng og‘ir federal jinoyatlar bo‘yicha hukm qilingan shaxslarga nisbatan otish guruhi orqali qatl etish usuli yana rasmiy tartibga kiritildi.

 

Departament ma’lumotiga ko‘ra, mazkur chora jamoat xavfsizligini mustahkamlash, og‘ir jinoyatlarning oldini olish hamda jabrlanuvchilar uchun adolat tamoyilini ta’minlashga qaratilgan.

 

Qaror AQSh prezidenti Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddati ilk kunida imzolagan farmoni asosida qabul qilingani aytilmoqda. Mazkur farmonda federal darajada o‘lim jazosini qo‘llash doirasini kengaytirish, ijro jarayonlarini tezlashtirish hamda eng og‘ir jinoyatlarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralarini kuchaytirish nazarda tutilgan.

 

Shuningdek, Adliya vazirligi qatl protokoliga elektr stul, gaz kamerasi va o‘limga olib keluvchi inyeksiya kabi boshqa usullarni ham kiritish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, federal qatllarga qo‘yilgan cheklov bekor qilingach, 44 nafar mahkum bo‘yicha o‘lim jazosi yuzasidan iltimosnomalar ma’qullangan. Ular orasida xalqaro jinoiy guruh sifatida tanilgan MS-13 tashkilotining uch nafar a’zosi ham bor.

 

Ma’lumot uchun, AQShda federal jinoyatlar bo‘yicha o‘lim jazosiga moratoriy 2003–2020-yillarda amal qilgan. 2021-yilda u vaqtincha bekor qilingan, keyinchalik Bayden ma’muriyati davrida yana tiklangan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.