Jahon

Istanbulda Turkiyadagi eng yirik maxfiy qurol ombori topildi

Suv osti rezervuarida qurol ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan 4 mingga yaqin qism aniqlangan.

Istanbulda Turkiyadagi eng yirik maxfiy qurol ombori topildi

Istanbul shahrining Pendik tumanida maxfiy suv osti rezervuarida noqonuniy qurol ishlab chiqarishda foydalaniladigan minglab qismlar aniqlandi. Bu haqda Haberler.com xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, politsiya tomonidan dron yordamida olib borilgan kuzatuvlar davomida yer ostiga yashirilgan suv rezervuari aniqlangan. 

 

Tintuv chog‘ida ombordan ruxsatsiz to‘pponcha ishlab chiqarishda ishlatiladigan 3 092 ta detal, 1 869 ta zatvor (qurol ichida o‘qni joylash, otish va chiqarish jarayonini boshqaradigan mexanizm), shuningdek turli xil boshqa qurol qismlari musodara qilindi.

 

Operatsiya doirasida 4 nafar gumondor qo‘lga olindi.

 

Ichki ishlar boshqarmasi bayonotida qayd etilishicha, mazkur operatsiya natijasida Turkiya bo‘yicha hozirgacha bir martada qo‘lga kiritilgan eng katta hajmdagi qurol ishlab chiqarish qismlaridan biri aniqlangan.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.