Jahon

AQSH va Isroil kutayotgan muzokara bo’lmasligi mumkin

AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar 27-aprel kuni o‘tkazilishi mumkin. AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkof va Trampning kuyovi Jared Kushner hamda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bir vaqtning o‘zida Pokistonga tashrif buyurmoqda.

AQSH va Isroil kutayotgan muzokara bo’lmasligi mumkin

 

AQSh va Eron o’rtasidagi muzokarlar 27-aprel kuni o’tkazilishi mumkin. AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkof va Trampning kuyovi Jared Kushner va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan bir vaqtda Pokistonga tashrif buyurmoqda.

 

   

 

 

AQSh vakillari Eron bilan muzokara qilish uchun bormoqda. Ammo Eron vakili Pokiston bosh rasmiylari bilan ko‘rishishi kutilmoqda.

 

Aroqchining Islomobodga kelishi AQSh va Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kiragan vaqtga to‘g‘ri kelmoqda.

 

Eron tomonidan yangaragan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga qatnashishi rejalashtirilmagan. Bu esa Vashington va Tehron bayonotlari o‘rtasidagi navbatdagi tafovutni ko‘rsatmoqda.

 

Tasnim axborot agentligining yozishicha, AQSh bilan muzokaralar kun tartibida yo‘q va tashqi ishlar vaziri Aroqchining Islomobodga safari pokistonliklar bilan muzokaralar olib borish maqsadida amalga oshirilmoqda.

 

“Amerika rasmiylari va ommaviy axborot vositalari 10 kundan ortiq vaqt davomida muzokaralarning yangi bosqichlari haqida hikoyalar uydirib, deyarli har kuni muzokaralar boshlanishi haqida bir nechta yolg‘on xabarlarni chop etib kelmoqda",- deya yozadi Tasnim.

 

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt AQSH ma’muriyati Eron tomonidan “muayyan ijobiy siljishlar”ni kuzatayotganini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, zarurat tug‘ilsa, amerikalik rasmiylar muzokaralar uchun Pokistonga zudlik bilan uchib borishga tayyor.

 

Axios nashri o‘z manbalariga tayanib yozishicha AQSH va Eron delegatsiyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar 27-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

 

“AQSh elchilari va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi o‘rtasidagi uchrashuv dushanba kuni, AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner va uning maxsus vakili Stiven Vitkoff Pokiston vositachilari bilan alohida ikki tomonlama muzokaralar o'tkazgandan so'ng bo'lib o'tishi mumkin”, deb yozdi Axios muxbiri Barak Ravid X ijtimoiy tarmog‘ida.

 

U shuningdek, ismi oshkor qilinmagan Pokiston rasmiysiga tayanib, Eron tashqi ishlar vazirligi 24 va 25-aprel kunlari Vashington bilan muzokaralarni qayta boshlash masalasini muhokama qilish uchun pokistonlik hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishini qo‘shimcha qilgan.

 

Bundan tashqari, Ravidning so‘zlariga ko‘ra, Aroqchi Islomoboddan Ummonning Maskat shahriga, keyin esa Moskvaga borishi kutilmoqda. Shuning uchun u amerikalik muzokarachilar bilan qachon uchrashishi noma’lum.

 

AQSH Mudofaa vaziri Pit Hegsetning aytishicha, Eron uchun bitim tuzish hamda yadro quroli yaratish harakatidan “mazmunli va tasdiqlanadigan tarzda” voz kechishga hali ham imkoniyat bor.

 

AQSh, G'aznachilik kotibi Skott Bessent Qo'shma Shtatlar Eron bilan bog'liq 344 million dollarlik kriptovalyuta aktivlarini muzlatgan. Shuningdek, Vashington urush tufayli energiya ta'minotidagi uzilishlar tufayli Tehronga bosimni kuchaytirishga harakat qilmoqda.

 

“Al-Jazira” telekanalining muxbiri Almigdad Alruhaidning Tehrondan xabar berishicha, hozircha Islomobodda muzokaralar rejalashtirilmagan, ammo diplomatik saʼy-harakatlar davom etmoqda, Aroqchi esa Pokiston vositachilik qilayotgan bir paytda mintaqaviy poytaxtlarga tashrif buyurmoqda.

 

Boshqa bir Al-Jazira telekanalining Pokistondagi muxbiri Usama Bin Javaidning xabar berishicha, vositachilar orasida muzokara alomatlarini ko'rinmoqda, ammo to'g'ridan-to'g'ri kelishuv bo'yicha hali ham aniqlik yo'q.

 

Hozirgi vaqtda Islomobodda ikkinchi haftadirki qat’iy cheklovlar davom etmoqda, chunki rasmiylar hali amalga oshmagan AQSH-Eron tinchlik muzokaralarini kutmoqda

Asosiy yo‘llar yopilgan, jamoat transporti to‘xtatilgan va bozorlarda mahsulot taqchilligi kuzatilmoqda, chunki ta’minot yuklari shahar tashqarisida turibdi.

 

Eron endi AQSh va Isroilga ishonmasligini aytmoqda. Chunki o’tgan yilgi 12 kunlik urushda yadro dasturi masalalari bo‘yicha kelishuvga erishilganiga qaramay AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga qarshi harbiy harakat boshlagan edi.

 

Xo‘sh, siz nima deb o’ylaysiz Eron va AQSh muzokaraga erishadimi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring va Zamon.uzni kuzatishda davom eting.

 

                                                                                                                                          Shohjahon Majidov

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.