Jahon

Dunyo mamlakatlarining harbiy xarajatlari rekord darajaga yetdi — SIPRI

2025- yilda harbiy xarajatlar 2,9 foizga ko‘payib, 2,88 trillion dollarni tashkil qilgan.

Dunyo mamlakatlarining harbiy xarajatlari rekord darajaga yetdi — SIPRI

2025-yilda global harbiy xarajatlar yana oshib, tarixiy rekordni yangiladi. Bu haqda Stockholm International Peace Research Institute (SIPRI) hisobotiga tayanib, DW xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda dunyo mamlakatlarining harbiy xarajatlari 2,9 foizga ko‘payib, 2,88 trillion dollarga yetgan. Shu tariqa, global harbiy sarf-xarajatlar ketma-ket 11-yil davomida o‘sishni qayd etgan. Harbiy xarajatlar ulushi jahon yalpi ichki mahsulotining 2,5 foizini tashkil etib, 2009-yildan buyon eng yuqori darajaga chiqqan.

 

SIPRI tadqiqotchisi Xiao Liangga ko‘ra, xarajatlarning oshishiga urushlar, geosiyosiy beqarorlik va global noaniqlik sabab bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, bu tendensiya 2026-yilda ham davom etishi kutilmoqda.

 

Hisobotga muvofiq, AQSh 954 milliard dollar bilan eng yirik harbiy byudjetga ega davlat bo‘lib qolmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda Xitoy (336 mlrd dollar) va Rossiya (190 mlrd dollar) qayd etilgan. 

 

Rossiya harbiy xarajatlarini bir yil ichida 5,9 foizga oshirib, YAIMning 7,5 foiziga yetkazgan. Shu bilan birga, sanksiyalar mamlakat uchun qo‘shimcha xarajatlarni yuzaga keltirib, ilg‘or texnologiyalar importida muqobil yo‘llar izlashga majbur qilgan.

 

Ukraina esa 2025-yilda harbiy xarajatlar bo‘yicha yettinchi o‘rinni egallab, bu ko‘rsatkichni 20 foizga oshirgan. SIPRI tadqiqotchisi Lorenso Skrassatoning qayd etishicha, Rossiya va Ukrainada harbiy xarajatlarning davlat byudjetidagi ulushi kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori darajaga chiqqan.

 

Shuningdek, Germaniya harbiy xarajatlar bo‘yicha to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Mamlakat 1990-yildan buyon ilk bor mudofaa sohasiga YAIMning 2 foizidan ko‘prog‘ini — 2,3 foizini yo‘naltirgan. Berlin 2029-yilga borib bu ko‘rsatkichni 3,5 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda.

 

Mutaxassislar fikricha, global xavfsizlik muhitidagi keskinlik saqlanib qolayotgan bir sharoitda harbiy xarajatlarning o‘sishi yaqin yillarda ham davom etadi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.