O'zbekiston

Farg‘onada yiliga 750 ming sayyohni qabul qiladigan yirik “Karkidon” turizm majmuasi barpo etilmoqda

Agroturizm, ekoturizm va faol hordiq yo‘nalishlarini birlashtiruvchi mazkur majmua 2027-yildan to‘liq quvvatda ish boshlaydi.

Farg‘onada yiliga 750 ming sayyohni qabul qiladigan yirik “Karkidon” turizm majmuasi barpo etilmoqda

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori hududida barpo etilayotgan zamonaviy turizm majmuasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

 

Mazkur maskan Farg‘ona vodiysida yozgi dam olish, ekoturizm va faol hordiq chiqarish yo‘nalishlarida eng jozibador manzillardan biriga aylanishi kutilmoqda.

 

Davlat rahbarining 2025-yil 1-apreldagi qaroriga muvofiq, hududda umumiy qiymati 635 milliard so‘mlik zamonaviy turizm majmuasi shakllantirilmoqda. Ayni paytda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, hududni obodonlashtirish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish ishlari olib borilmoqda.

 

508 gektar maydonni egallagan majmua agroturizm, ekoturizm hamda ekstremal turizm yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etadi. Bu yerda 45 ta shale, 57 ta zamonaviy mehmon uyi, agroturizm majmuasi, gullar bog‘i, lavandazor, ekobozor, restoranlar va sokin dam olish hududlari tashkil etilgan.

 

Prezident hududda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirar ekan, bunday loyihalar aholi farovonligini oshirish, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish hamda mamlakat sayyohlik salohiyatini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

 

Qayd etilishicha, loyiha doirasida 100 dan ortiq tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, qariyb 2 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Majmua yiliga 750 ming nafargacha sayyohni qabul qilishi, 3 milliard so‘m budjet tushumi va 5 million dollarlik xizmatlar eksportini ta’minlashi kutilmoqda. Kompleks 2027-yildan boshlab to‘liq quvvatda faoliyat yuritadi.

 

Kelgusida hududda motokross maydonlari, 2 kilometrli dor yo‘li, karting va golf maydonlari barpo etilishi rejalashtirilgan. Ushbu imkoniyatlar “Karkidon” majmuasini faol turizm yo‘nalishidagi yetakchi maskanlardan biriga aylantiradi.

 

Tashrif davomida davlatimiz rahbari yangi mehmonxona va savdo majmualari faoliyati bilan ham tanishdi. Shuningdek, mamlakatning boshqa hududlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli sayyohlik loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

 

Jumladan, Taxtako‘pir tumanidagi Qoratereng ko‘li, Xonobod tumanidagi sun’iy ko‘l, Xatirchi tumanidagi “Ko‘ksaroy” suv ombori, Pop tumanidagi Arashan ko‘li, Nurobod tumanidagi “Sobirsoy” hamda Kattaqo‘rg‘on suv ombori atrofida yirik turizm majmualarini barpo etish rejalashtirilgan.

Bu kabi loyihalar hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, aholi daromadini oshirish va mamlakatning sayyohlik jozibasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada yiliga 750 ming sayyohni qabul qiladigan yirik “Karkidon” turizm majmuasi barpo etilmoqda | Zamon.uz