Jahon

Isroilning sobiq bosh vazirlari Netanyaxuga qarshi ittifoq tuzdi

Sobiq bosh vazirlar Netanyaxuning xavfsizlik va tashqi siyosat borasidagi qarorlarini tanqid qilib kelmoqda.

Isroilning sobiq bosh vazirlari Netanyaxuga qarshi ittifoq tuzdi

Isroilning sobiq bosh vazirlari Naftali Bennett va Yair Lapid amaldagi bosh vazir Binyamin Netanyahuning hukumatiga qarshi kurashish maqsadida siyosiy ittifoq tuzdi. Ular bu qarorni joriy yil oxirida o‘tkazilishi kutilayotgan saylovlar arafasida e’lon qildi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.

 

Ma’lum qilinishicha, tomonlar o‘z partiyalarini birlashtirib, “Birga” (Together) nomli yangi siyosiy blok tuzayotganini ma’lum qildi. Unga Bennett rahbarlik qiladi. Ittifoqdan asosiy maqsad — Netanyaxuga qarshi parokanda muxolifatni birlashtirish ekani ta’kidlandi.

 

Bennett va Lapid qo‘shma bayonotda ushbu qadamni “mamlakat manfaatlari yo‘lida muhim siyosiy qaror” deb atadi. Lapid esa Bennettni “o‘ng qanot siyosatchisi, ammo halol inson” sifatida ta’riflab, ular o‘rtasida o‘zaro ishonch mavjudligini qayd etdi.

 

Shuningdek, Bennett saylovda g‘alaba qozongan taqdirda, 2023-yil 7-oktabr kuni HAMAS tomonidan amalga oshirilgan hujum oldidan yuzaga kelgan kamchiliklarni o‘rganish bo‘yicha milliy tergov komissiyasi tuzilishini bildirdi. Amaldagi Netanyaxuning hukumati bunday tashabbusni rad etgan.

 

Ikkala siyosatchi ham Netanyaxuning xavfsizlik va tashqi siyosat borasidagi qarorlarini tanqid qilib kelmoqda. Xususan, Lapid Eron bilan erishilgan ikki haftalik sulhni “siyosiy falokat” deb baholagan.

 

Bennett va Lapid avval ham 2021-yilda ittifoq tuzib, Netanyaxuning 12 yillik hokimiyatiga yakun yasagan edi. Biroq ular tuzgan koalitsion hukumat 18 oy faoliyat yuritib, parchalanib ketgan.

 

So‘nggi so‘rovlar Netanyaxu va Bennetning shaxsiy reytinglari deyarli tenglashganini ko‘rsatmoqda. 23-aprel kuni e’lon qilingan N12 News so‘roviga ko‘ra, Bennett boshchiligidagi kuchlar parlamentdagi 120 o‘rindan 21 tasini qo‘lga kiritishi mumkin, Netanyahuning “Likud” partiyasi esa 25 o‘ringa ega bo‘lishi prognoz qilingan. Lapid partiyasi esa hozirgi 24 o‘rindan 7 tasigacha qisqarishi mumkin.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroilning sobiq bosh vazirlari Netanyaxuga qarshi ittifoq tuzdi | Zamon.uz