O'zbekiston

O‘zbekiston tashabbusi jahon miqyosida: zilzila qurbonlari xotirasi uchun xalqaro kun

O‘zbekistonda aholini zilzilaga tayyorlash bo‘yicha milliy ta’lim platformasi ishga tushirildi. U orqali 7 mlndan ortiq fuqaro tegishli bilimlarga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston tashabbusi jahon miqyosida: zilzila qurbonlari xotirasi uchun xalqaro kun

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda aholi va hududlarni seysmik xavfdan muhofaza qilish, sohada malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek zilzilalarni baholash va prognoz qilishga xizmat qiluvchi stansiyalar tarmog‘ining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

 

Ma’lumki, zilzilalar tabiiy ofatlar ichida eng vayronkorlaridan biri hisoblanadi. Ularning umumiy ofatlar ichidagi ulushi nisbatan kichik bo‘lishiga qaramasdan, ko‘p hollarda og‘ir va fojiali oqibatlarga olib keladi.

 

2023-yil 16-mart kuni Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida O‘zbekiston tomonidan zilzila qurbonlarini yod etish va bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Xotira va birdamlik kunini ta’sis etish tashabbusi ilgari surilgan edi.

 

 

Mazkur tashabbus asosida 2025-yil 29-aprel kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 29 aprel “Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni” deb e’lon qilinishi to‘g‘risidagi rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi. Ushbu hujjat dunyo hamjamiyati tomonidan yuqori baholandi va bugungi kunda zilzilalar soni ortib borayotgan sharoitda uning ahamiyati alohida ta’kidlanmoqda.

 

Rezolyutsiyaga muvofiq, BMTga a’zo davlatlar va xalqaro tashkilotlar ushbu sana munosabati bilan aholi xabardorligini oshirish, barqarorlikni mustahkamlash hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan ma’rifiy va axborot tadbirlarini amalga oshirishga chaqirilgan.

 

 

Joriy yil 29–30-aprel kunlari ushbu xalqaro sana ilk bor O‘zbekistonda keng nishonlandi. Tadbir 1966-yilda Toshkent shahrida sodir bo‘lgan kuchli zilzilaning 60-yilligi munosabati bilan ham tashkil etildi.

 

Xalqaro anjumanda 30 ga yaqin davlatdan 100 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etmoqda. Ochilish marosimida favqulodda vaziyatlar vaziri A. Ikramov, BMT Bosh kotibining ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha maxsus vakili Kamal Kishor, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Kenji Xirata, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etib, nutq so‘zladilar.

 

 

Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida ofatlar xavfini kamaytirish tizimini mustahkamlashga qaratilgan loyiha doirasida qator davlatlar vakillari ishtirokida muloqotlar o‘tkazildi hamda favqulodda vaziyatlar vazirlari o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi.

 

Anjuman doirasida ilg‘or xorijiy tajribalar almashildi, zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi va mintaqaviy hamda global darajada hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

 

"Mobil simulyatorlar yordamida 1 mlndan ortiq odam qamrab olingan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ularda zilziladan oldin, uning vaqtida va undan keyin qanday harakat qilish ko‘nikmalari o‘rgatildi", — dedi Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov.

 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, seysmologiya sohasini yana-da rivojlantirish uchun zilzilalarni onlayn kuzatish imkonini beruvchi yagona kompleks tizimni yaratish muhim ahamiyatga ega. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning ma’lum qilishicha, so‘nggi 5-yilda monitoring stansiyalari soni 35 tadan 250 tagacha yetgan, ya’ni qariyb 7 barobarga oshgan.

 

Shuningdek, global seysmik monitoring tizimlari bilan integratsiya qilingan holda SeisComP5 dasturi orqali Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston stansiyalari bilan real vaqt rejimida ma’lumot almashish yo‘lga qo‘yilgan.

 

Ta’kidlash joizki, “Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni” nafaqat insonparvarlik ahamiyatiga ega, balki u davlatlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, bilim va tajriba almashish, shuningdek seysmik xavfsizlik tizimini yana-da takomillashtirishga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoni hisoblanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston tashabbusi jahon miqyosida: zilzila qurbonlari xotirasi uchun xalqaro kun | Zamon.uz