Jahon

AQSHda “Grin karta” va immigratsiya vizalari uchun tekshiruvlar kuchaytirildi — CBS News

AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati xodimlariga kuchaytirilgan tekshiruvdan o‘tmagan har qanday arizani tasdiqlash taqiqlanadi.

AQSHda “Grin karta” va immigratsiya vizalari uchun tekshiruvlar kuchaytirildi — CBS News

AQSHda immigratsiya imtiyozlari uchun murojaat qiluvchilarga nisbatan xavfsizlik tekshiruvlari kuchaytirildi. Bu haqda CBS News ichki hujjatlarga tayanib xabar berdi.

 

Bu o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan paytda ayrim ishlar ko‘rib chiqilishi vaqtincha to‘xtatilmoqda.

 

Hujjatlarga ko‘ra, o‘tgan hafta AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) o‘z xodimlariga boshpana (asylum), “grin karta” (doimiy yashash huquqi) va AQSH fuqaroligi kabi immigratsiya imtiyozlari bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan arizalarni qaytadan kuchaytirilgan tekshiruvlar uchun Federal qidiruv byurosiga (FQB) ma’lumotlar bazasiga yuborish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Xodimlarga kengaytirilgan tekshiruvlardan o‘tmagan hech qanday arizani tasdiqlamaslik topshirilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, USCIS avvaldan immigratsiya arizalarini milliy xavfsizlik va jamoat nuqtayi nuqtayi nazaridan tekshirish uchun FQB bazalaridan foydalanib kelgan. Biroq yangi hujjatlar bu tekshiruvlar kuchaytirilishiga FQB tomonidan jinoyatlar tarixi ma’lumotlar bazasiga kengroq kirish imkoniyati berilishi sabab bo‘lganini ko‘rsatadi. Bu qaror fevral oyida Tramp tomonidan imzolangan farmon doirasida qabul qilingan.

 

Mazkur farmonga muvofiq, Adliya vazirligi USCIS ga jinoyatlar tarixi ma’lumotlar bazasiga “qonun ruxsat bergan eng yuqori darajada” kirish imkoniyatini ta’minlashi kerak.

 

AQSh Prezidenti farmonida ta’kidlanishicha, “bunday jinoyatchilar qatoriga AQSH immigratsiya qonunlarini buzgan holda mamlakatga kirgan yoki qolgan, yoxud boshqa jinoiy qonunbuzarliklar sodir etishga urinayotgan xorijiy fuqarolar kirishi mumkin”.

 

Kuchaytirilgan tekshiruvlar barmoq izlari topshirilishi talab etiladigan arizalarga, jumladan “grin karta” va naturalizatsiya (fuqarolik olish) jarayonlariga tatbiq etiladi. Shuningdek, AQSH fuqarolari yoki “grin karta” egalari tomonidan yaqin qarindoshlar yoki nikohlanish niyatidagi shaxslar uchun berilgan kafolat arizalari ham mazkur tekshiruvlarga tortiladi.

 

USCIS xodimlariga agar ish bo‘yicha FQB ma’lumotlari-27-apreldan oldin olingan bo‘lsa, barmoq izlari asosidagi tekshiruvlarni qayta yuborish topshirilgan. Agar arizani rad etish rejalashtirilgan bo‘lsa, qayta yuborish talab etilmaydi.

 

Yangi choralar Tramp ma’muriyatining immigratsiya imtiyozlari uchun murojaat qiluvchilarni yanada qat’iy tekshirish va AQSH immigratsiya tizimiga kirishni cheklashga qaratilgan siyosati doirasidagi navbatdagi qadam sifatida baholanmoqda.

 

Tramp yana hokimiyatga qaytganidan so‘ng USCIS immigratsiya arizalarini yanada chuqur tekshirishga qaratilgan qator siyosatlarni joriy qildi. Jumladan, arizachilarning ijtimoiy tarmoqlardagi “amerikaga qarshi” qarashlari yoki faoliyati ham tekshirila boshlangan.

 

Shuningdek, ikkinchi Tramp ma’muriyati ko‘plab immigratsiya ishlarini ko‘rib chiqishni sekinlashtirgan yoki to‘liq to‘xtatgan. Xususan, USCIS tomonidan ko‘rib chiqiladigan barcha boshpana ishlariga vaqtincha to‘xtam qo‘yilgan, shuningdek prezident farmonida ko‘rsatilgan 39 davlat fuqarolari uchun qonuniy immigratsiya arizalari qabul qilinishi ham to‘xtatilgan. Bu cheklovlar “travel ban” nomi bilan ma’lum. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.