O'zbekiston

Energetika vazirining Otabek Bakirovning tanqidiy postlari yuzasidan shikoyati qayta ko‘rib chiqilmoqda

Vazir iqtisodchi ustidan avvalgi shikoyati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilganidan so‘ng, IIOga yana murojaat qilgan.

Energetika vazirining Otabek Bakirovning tanqidiy postlari yuzasidan shikoyati qayta ko‘rib chiqilmoqda

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov tomonidan iqtisodchi Otabek Bakirovga qarshi Toshkent shahar IIBBga berilgan navbatdagi shikoyat yuzasidan ish qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda iqtisodchi Telegram-kanalida ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, vazir avvalgi murojaati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilganidan so‘ng, 2024-yil 26-dekabrda “bakiroo” Telegram kanalida e’lon qilingan bir nechta postlarga huquqiy baho berish va chora ko‘rishni so‘rab ichki ishlar organlariga yana murojaat qilgan.

 

Ushbu holat bo‘yicha qariyb 14 oy o‘tgach, 2026-yil 23-yanvarda Toshkent shahar IIBB jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilgan.

 

Biroq, 2026-yil 25-mart kuni Toshkent shahar prokuraturasi rad etish qarorini bekor qilgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda ish Yashnobod tuman IIBga o‘tkazilgan va qayta ko‘rib chiqilmoqda.

 

Iqtisodchiga ko‘ra, shikoyat 2024-yil dekabr oyida metan zapravkalarida gaz mavjudligi va navbatlar haqida ma’lumot berishi aytilgan Avto24 ilovasiga bildirilgan e’tirozlar, shuningdek, Toshkent tumanida “rejaga chiqish” maqsadida gaz va elektr ta’minotining uzilishlari haqidagi chiqishlar bilan bog‘liq.

 

“Qizig‘i, shikoyat va qayta ochilgan ish yana qariyb 1,5-yil avvalgi chiqishlar bilan bog‘liq va o‘zgarishsiz jihati shundaki, mazkur post yozilayotgan kunda ham svet uch marta, qariyb 4 soatga  o‘chdi”, deb yozdi Bakirov.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Energetika vazirining Otabek Bakirovning tanqidiy postlari yuzasidan shikoyati qayta ko‘rib chiqilmoqda | Zamon.uz